Instagram da fotosuratlardagi “LAYK” lar miqdorini yashirin saqlash yo‘lga qo‘yilmoqda

Ijtimoiy tarmoq yangi funktsiyani – ya’ni, fotosuratdagi “Layk” lar miqdori xisoblagichini yashirin saqlash funktsiyasini sinab ko‘rmoqda. Shu tariqa Instagram asosiy e’tiborni fotosuratlarning sifatiga qaratishni taklif qilmoqda — deb yozadi «Mail.ru Hi-Tech».

Instagram dagi o‘z insaydlari bilan tanilgan qiz Djeyn Manchun Vongning ko‘rsatishicha, ijtimoiy tarmoq “layk”lar miqdorini aks etdirmaslik imkoniyatini qo‘shishni rejalashtirmoqda.

Shu tariqa, kompaniya foydalanuvchilarni “yurakcha” larni nechtaligiga emas, balkim inson nimani baxam ko‘rmoqchi ekanligiga e’tibor berish lozimligini istamoqda.

twitter.com/wongmjane

“Layk” lar boshqa foydalanuvchilardangina sir tutiladi, aniq miqdorni esa faqat post muallifi ko‘rish imkoniga ega. Qolganlarga faqatgina fotosuratlarga “Layk” qo‘ygan do‘stlarning ismlari ko‘rinadi.

Ushbu funktsiya qachon ommaviy tarzda ishga tushirilishi, xozircha – noma’lum. Barcha yangi ishga tushirilgan narsalar xam sinovdan keyin xamma vaqt xam oxirgi cho‘qqisigacha etib bormasligi mumkin, shu sababdan “Layk” lar bilan bog‘liq xech qanday o‘zgarishlar ro‘y bermasligi extimoli xam bor.