«Tanos tugmasi» (Shelchok Tanosa): «VKontakte» da foydalanuvchilarning yarmini 15 minut mobaynida tarmoqdan uzib qo‘yish kutilmoqda.

«VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i «Qasoskorlar: Final» filьmining premьerasi sharafiga g‘aroyib aktsiya o‘tkazib — filьmdagi bosh salbiy qaxramonga taqlid qilib, foydalanuvchilarning teng yarmini tarmoqdan o‘chirib qo‘yishadi — deb yozadi
«Mail.ru Hi-Tech»

«Qasoskorlar: Uzluksiz urush» filьmidagi bosh salbiy qaxramon Tanos, qo‘lqop yordamida er yuzidagi ja’miki jonzotlarni yarmini nobud qiladi. «VKontakte» da mazkur eksperimentni takrorlashmoqchi bo‘lishmoqda, faqatgina bunda foydalanuvchilarni bloklab qo‘yishadi. Aktsiyada ishtirok etish uchun «Tanos tugmasi» (Shelchok Tanosa) konkursining saxifasiga kirib, 1 ta tugmani bosishi lozim.

Shu yilning 24 aprelь kuni Moskva vaqti bilan soat 14.00 da maxsus algoritm tasodifiy tarzda tadbirga qo‘shilgan foydalanuvchilarning yarmini tarmoqdan o‘chiradi. blokirovka xolati ro‘y berishidan xavotirlanishga o‘rin yo‘q, u vaqtinchalik — foydalanuvchilarning yarmiga tegishli saxifalarni bor-yo‘g‘i 15 minutga o‘chirib qo‘yiladi, xolos.