Xind okeanining eng chuqur qismida g‘aroyib jonzot topildi.

Xind okeanining chuqurliklarida ko‘plab g‘aroyib avjudotlar uchraydi. Masalan, ipga bog‘langan sharga o‘xshash (Lekin unchalik yoqimtoy xam emas). Ushbu g‘ayritabiiy mavjudotni «Zond» chuqurligida tasvirga olishga muvaffaq bo‘lindi — deb yozadi
«Mail.ru Новости».

Bu chuqurlik Xind okeanining eng chuqur qismlaridan biri xisoblanib, ayrim joylarida chuqurligi xattoki 8 km ga boradi. Suv chuqurliklarida yuruvchi «Xavo shari» ni barcha dunyo ummonlarining eng chuqur joylarida bo‘lishni rejalashtirgan Five Deeps ekspeditsiyasi ishtirokchilari tasvirga olishgan.

«Biz olgan tasvirlarimizni qaytadan ko‘rib chiqayotib, bu narsaning qorong‘ilikdan suzib chiqqanini ko‘rdik» — deydi, ekspeditsiya raxbari Alan Djeymison. «U to‘ppa to‘g‘ri kameraga qarab suzardi…. keyin esa yana suzib ketdi» — deb tasvirlaydi Djeymison g‘aroyib mavjudot bilan bo‘lgan uchrashuvini.

Djeymison xar xolda nimani ko‘rganligini anglash uchun bir talay ilmiy tekshirishlarni va adabiyotlarni o‘rganib chiqdi. Bu orada olim xordali jonzotni yoki astsidiyani — ya’ni, dengiz umurtqasiz jonzotini ko‘rdim deb faraz qildi.

Astsidiyalar lichinkali bosqichida suv bag‘rida bemalol suzib yurishadi, kattaroqlari esa suv osti toshlaridan panox topishadi.

Xar xolda Djeymison shu narsani ta’kidlaydiki, mavjud bir qator farqlar g‘aroyib jonzotga astsidiya deb qarashga izn bermaydi. Olimning so‘zlariga qaraganda, butunlay yangi turdagi jonzotgni kashf qilinganligi extimoldan xoli emas.

Djeymisonning faraziga qaraganda, ushbu jonzot okeanlar tubidagi seysmik faollik vaqtida o‘zining uzun dumi yordamida chuqurlikka maxkam yopishib oladi.