Supervulqonlar jumbog‘i dengiz tovushlari yordamida ochildi

Italiya janubidagi supervulqonda xarakatlanayotgan magma yo‘nalishini aniqlash uchun olimlar dengiz shovqinidan foydalandilar — deb yozadi «Mail.ru Hi-Tech»

Seysmik shovqin asosidagi inovatsion texnika — aniqrog‘i, Kampi Flegrey qirg‘og‘i chizig‘iga urilayotgan to‘lqinlar shovqinidan foydalanib, magma yuqoriga chiqadigan asosiy yo‘nalishni ochib beruvchi vulqon ichki strukturasining xaritasini yaratdilar.

Seysmik vizualizatsiya — vulqonning chuqurlikdagi tuzilishini aniq tasvirlab berish uchun olimlar tomonidan foydalaniladigan asosiy usullardan biri bo‘lib xisoblanadi, biroq, bu erdagi qariyb 40 yildan beri xukm surayotgan past darajadagi faollik, shunga olib keldiki, xanuzgacha Kampi Flegrey ning ichki tuzilishi jumboqligicha qolmoqda.

Aniqlanishicha, olimlar tomonidan kashf etilgan «Fider yo‘li» 1980 yillardagi seysmik faollikning oxirgi davri mobaynida paydo bo‘lgan bo‘lib, dengiz ostida joylashgan vulqonning tubidan magma olib keladi. So‘ngra magma yuqoriga va o‘rnatilgan yo‘nalish bo‘yicha kalьdera (vulqon buzilib ketishi natijasida xosil bo‘lgan krater) markazidagi vulqondagi fumarol (vulqon krateridagi yoriq yoki teshik) ga joylashadi, bunda ular atrofga bug‘ ko‘rinishida sochiladi.

Yangi usul axoli zich yashaydigan rayonda birinchi marta qo‘llanilmoqda va u shuni ko‘rsatdiki, 1980 yillarning boshlanishida paydo bo‘lgan otilish yo‘li avvalgidek ochiq ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Bu usul monitoring muolajasini sifatli bo‘lishida va millionlab insonlar istiqomat qiladigan rayondagi axolini oldindan ogox qilishda yordam beradi.

Olimlar yangi Pompeyga yo‘l qo‘ymaslik uchun xarakat qilmoqdalar.