AQShlik kadetlar 3 hafta davomida o‘zbekistonlik kursantlar bilar tajriba almashadi

Kecha, 15-may kuni Qurolli Kuchlar akademiyasida bilim yurti kursantlari va AQSh Qurolli kuchlari rezervdagi ofitserlarni tayyorlash korpusining 36 nafar kadeti ishtirokida “Buyuk sarkardalar va davlat arboblari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi . Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Konferensiya davomida Akademiya kursantlari va tinglovchilari Amir Temur, Alisher Navoiy, Imom Buxoriy, Al-Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Jaloliddin Manguberdi va boshqa buyuk namoyondalar haqidagi ma’ruzalarini o‘zbek, rus, ingliz tillarida bayon etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Shuningdek, xorijlik kadetlar uchun O‘zbekistonning qadimiy tarixi, shonli o‘tmishi va buguni to‘g‘risida tayyorlangan hujjatli filmlar va videoroliklar konferensiya ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ushbu uchrashuv avvalo ikki davlat yoshlarining o‘zaro fikr almashishi, erkin va do‘stona muloqoti uchun zamin yaratmoqda.

Ta’kidlash kerakki, AQSh Qurolli kuchlari vakillari uch hafta davomida Akademiya hamda Mudofaa vazirligining boshqa oliy harbiy ta’lim muassasalari faoliyati, o‘quv tizimi, kursantlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, o‘zaro tajriba almashishlari ko‘zda tutilgan.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, 14-may kuni Missisipi shtati gubernatori Filipp Brayant boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurib, Qurolli Kuchlar akademiyasidagi o‘quv jarayonlari bilan tanishgan edi.