90-yillar filmlaridagi esda qolarli rollari bilan muxlislar qalbidan joy olgan Bollivud yulduzlari hozir qanday ko‘rinishda? Quyidagi suratlar orqali ushbu savolga javob beramiz  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Madxuri Dikshit

Foto: “Yandeks Dzen”

90-yillarning eng mashhur aktrisalaridan biri Madxuri Dikshitning 1984-yilda suratga olingan “Abodh” filmida debyut rol ijro qilganiga qaramay, unga haqiqiy muvaffaqiyatni 1998-yilda Anil Kapur bilan birga suratga tushgan “Tezaab” filmi olib kelgan. Shundan keyin u ishtirokidagi “Dil”, “Sen uchun kimman?” va “Telba yurak” filmlari muxlislar qalbidan joy olgan. Dikshit xonim hozir 52 yoshda va yoshiga nisbatan juda ham go‘zal ko‘rinishga ega.

Ravina Tandon

Foto: “Yandeks Dzen”

Ravina Tandon ham 90-yillarda o‘ziga yarasha yaxshi ma’lum bo‘lgan yulduzlardan sanaladi. Ravina, yilning eng yaxshi debyuti nominatsiyasi bo‘yicha FilmFare Awards mukofotini qo‘lga kiritgan. Tandon faoliyati davomida, turli janrlarda, turli qahramonlarni gavdalantira olishini isbotlagan aktrisa hisoblanadi. “Vaxshiy”, “Mustafo” va “Kuyov Radja” filmlaridagi muvaffaqiyatli rol ijro qilgan aktrisa hozir 45 yoshda.

Juhi Chavla

Foto: “Yandeks Dzen”

90-yillarning yana bir taniqli aktrisalaridan biri bo‘lgan Juhi Chavla, Bollivudga 1986-yildagi “Saltanat” filmidagi roli bilan kirib kelgandi. Karyerada muvaffaqiyatning boshlanishiga sababchi deb esa Amir Xon bilan birgalikda suratga tushgan “Hukm” filmi olib keldi deb aytish mumkin. “Qo‘rquv”, “Xo‘p bo‘ladi, xo‘jayin” filmlaridagi rollari bilan muxlislar mehrini qozongan aktrisa hozir 52 yoshda.

Kajol

Foto: “Yandeks Dzen”

Eng iste’dodli va mahoratli aktrisalaridan hisoblangan Kajolsiz Bollivud kino sanoatini tasavvur qilib bo‘lmaydi. “Baazigar”, “O‘g‘irlanmagan kelin” , “Hayotda hamma narsa bo‘ladi” va boshqalarni uning karyerasidagi eng omadli filmlar deb atash mumkin. Tabassumi va samimiyligi bilan boshqalardan ajralib turadigan aktrisa hozir 45 yoshda.

Sonali Bendre

Foto: “Yandeks Dzen”

Nafaqat mashhur aktrisa, balki fotomodel sifatida ham yaxshi ma’lum bo‘lgan, “Qiyofadosh”, “Janob mayor” va boshqa bir qancha filmlarda ishtirok etgan aktrisa hozir 45 yoshda.

Tabu

Foto: “Yandeks Dzen”

“Qora ko‘zoynakli yigit” filmidagi ijrosi bilan taniqli aktrisa Tabassum Hashmi aka Tabu hozir 49 yoshda.

Shilpa Shetti

Foto: “Yandeks Dzen”

1993-yilda suratga olingan “Baazigar” filmida muvaffaqiyatli debyut o‘ynagan, 90-yillarda yuqoridagi aktrisalardan kam mashhur bo‘lmagan Shilpa Shetti hozir 45 yoshda.

От qwert.uz