O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanganlar soni 7700 nafardan oshdi

O‘zbekistonda 28-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 43 kishiga ko‘payib, kasallanganlarning umumiy soni 7725 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Yangi kasallanish holatlari:

  • 30 nafari karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;
  • 11 nafari Toshkent viloyatida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida);
  • 2 nafari Toshkent shahrida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 5240 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (67 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2465 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 19 nafari og‘ir, 6 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 20 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. Iyun oyida 5 nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi. Koronavirusdan vafot etgan denovlik ayolda chindan ham koronavirus bo‘lganini Sog‘liqni saqlash vazirligi ayolning o‘limidan 5 kun o‘tib tasdiqlagandi.