O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 8000 nafardan oshdi

O‘zbekistonda 29-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 83 kishiga ko‘payib, jami kasallanganlar soni 8031 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Yangi kasallanganlarning

  • 47 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida;
  • 32 nafari Toshkent shahrida (shundan 18 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 14 nafari aholi orasida);
  • 4 nafari Jizzax viloyatida (barchasi aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda mamlakatda 5329 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (66 foiz) sog‘aygan.

Hozirda O‘zbekistondada 2680 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 19 nafari og‘ir, 6 nafari o‘ta og‘ir ahvolda. Mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 22 nafarga yetgan.