Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 100 ming kishidan oshdi. So‘nggi haftada 211 kishi COVID-19 qurboniga aylangan

Qozog‘istonda 3—9-avgust kunlari koronavirus infeksiyasidan o‘lim holatlari soni 211 tani tashkil etgan. Bu haqda mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha rasmiy axborot tarqatuvchi Telegram’dagi “Coronavirus2020.kz” kanalida ma’lum qilindi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Reuters

Vafot etganlar soni hududlarga ko‘ra:

  • Nur-Sulton shahri — 33;
  • Olmaota shahri — 31;
  • Chimkent shahri — 8;
  • Aqmo‘la viloyati — 9;
  • Aqto‘be viloyati — 3;
  • Olmaota viloyati — 8;
  • Atirau viloyati — 6;
  • Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 28;
  • Jambil viloyati — 1;
  • G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 23;
  • Qarag‘anda viloyati — 55;
  • Mang‘istov viloyati — 1;
  • Pavlodar viloyati — 3;
  • Shimoliy Qozog‘iston viloyati — 1;
  • Turkiston viloyati — 1.

Qozog‘istonda hozirga qadar koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etganlar soni 1269 nafarni tashkil etmoqda. O‘tgan bir sutkada Qozog‘istonda yana 722 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 374 nafarida zararlanish klinik alomatlarsiz kechmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 100 164 kishiga yetgan. Ularning 73 ming 702 nafari kasallikdan sog‘aygan.

Avvalroq Qozog‘iston milliy agrar universitetidagi Xalqaro vaksinatsiya markazida mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi birinchi emlash o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.