Habib Nurmagomedov faoliyatini qachon yakunlaydi? Sportchining o‘zi javob berdi

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov yaqin orada faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamayotganini aytdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: UFC

Faoliyatimni qachon tugatishim haqida savollar ko‘p beriladi. Tushunaman, odamlar mening g‘alabalarimdan charchagan, ular yangi narsalarni xohlamoqda. Tanam imkon berar va faqat yaxshilanib borayotganimni hisobga olib, faoliyatimni qachon tugatish aniq tasavvur yo‘q.

Hozircha raqobatlasha olishimga, o‘z vaznimda eng zo‘ri bo‘lishga va og‘ir yuklamalarni ko‘tarishga kuchim yetishini his qilyapman. Ketish haqida esa o‘ylaganim yo‘q.

Habib Nurmagomedov, UFC jangchisi

Eslatib o‘tamiz, 24-oktabr kuni Habib UFC 254 musobaqasida Jastin Getji bilan to‘qnashadi.

Qayd etish joiz, sportchi shu tariqa ketma-ket uchinchi marta chempionlik kamarini himoya qiladi. U oxirgi jangini 2019-yilning sentabr oyida Dastin Poryega qarshi o‘tkazib, 28-g‘alabasini qo‘lga kiritgandi.

Habib Nurmagomedovning barcha janglarini bu yerda tomosha qiling — HAVOLA.