Amerikada talabalar antitanali qon plazmasidan pul ishlash uchun atayin koronavirusni yuqtirdi

Amerikaning Aydaxo shtatidagi Brigam Yang xususiy-diniy universiteti talabalari antitanali qon plazmasidan pul ishlash uchun atayin koronavirusni yuqtirdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Korrespondent.net”

Bayonotda ta’kidlanishicha, universitet rahbariyati o‘zlariga va boshqalarga ataylab COVID-19 yuqtirishga urinayotganlar haqidagi ma’lumotlardan qattiq xavotirda. Shuningdek, ma’muriyat bunday talabalarni o‘qishdan chetlashtirish yoki haydash bilan ogohlantirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, universitet yaqinida ikkita plazma qabul qilish markazi bor. Ularning birinchisida − ko‘ngillilar qon topshirsa 100 dollar, ikkinchi markazda esa 200 dollar taklif etiladi. Bunday holatda xohlovchilar ketma-ket bir necha marotaba qon topshirishi mumkin.

Ta’lim muassasasi joylashgan Reksberg shahrida AQShdagi koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning eng yuqori ko‘rsatkichlaridan biri qayd etilgan.

Bundan tashqari, kasallik holati avj olsa, rahbariyat tomonidan o‘quvchilar onlayn ta’limga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.