#Instasurat: Koronavirusni yenggan Mane, “Real” futbolchilarini kutayotgan Zidan, Obameyang va uning do‘sti

“Daryo” dunyo futboli yulduzlarining Instagram tarmog‘ida obunachilari bilan bo‘lishgan eng so‘nggi suratlari va yangiliklarini taqdim etadi.

Koronavirusga chalingan Krishtianu Ronalduning holati juda zo‘r. Futbolchi Portugaliya termasini Shvetsiyaga qarshi bahsda o‘z uyidan turib qo‘llab-quvvatladi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Instagram / @cristiano

JCh—2022 saralashi doirasida ikkita o‘yinda qo‘lga kiritilgan g‘alabalardan xursandligini yashirmagan Leo Messi. Futbolchi saralash endigina boshlanganini ta’kidlab ushbu surati bilan bo‘lishdi

Foto: Instagram / @leomessi

Neymar esa PSJ safiga kelib qo‘shilgan “Barselona”dagi sobiq jamoadoshi Rafael Alkantarani yana birga bir klubda to‘p tepishi bilan tabrikladi

Foto: Instagram / @neymarjr

Parijlik “tilla bolakay” Kilian Mbappe nafaqat maydonda, balki undan ham tashqarida suratga tushishni yaxshi biladi

Foto: Instagram / @k.mbappe

Islandiyaga qarshi bahsda belgiyaliklarni maydonga sardor sifatida boshlab tushgan Romelu Lukaku bundan juda ham xursandligini yashirmadi

Foto: Instagram / @romelulukaku

“Real” futbolchilarining terma jamoalar ixtiyoridan qaytishini kutayotgan niqobli Zinedin Zidan

Foto: Instagram / @zidane

Pyer-Emerik Obameyang ushbu suratga “men va do‘stim” deb izoh qoldirdi

Foto: Instagram / @aubameyang97

Germaniya terma jamoasining kelajagi — Kai Haverts

Foto: Instagram / @kaihavertz29

Serxio Ramos Ukraina terma jamoasi bilan o‘yin natijasi xafa qilganini, biroq Ispaniyaning so‘nggi daqiqalargacha kurashganidan faxrlanishini aytib, ushbu suratni qoldirdi

Foto: Instagram / @sergioramos

Oktabr oyida terma jamoalardagi bahslardan katta taassurot olgan Virjil van Deyk oldinda bundan ham qiziqarli haftalar kutib turganini bildirdi

Foto: Instagram / @virgilvandijk

Muhammad Salohdan tabassumli selfi

Foto: Instagram / @mosalah

Sadio Mane koronavirus yengib o‘tib, mashg‘ulotlarga qaytdi. Sadio bundan juda ham xursand

Foto: Instagram / @sadiomaneofficiel

Jeydon Sanchoning Instagram’dagi obunachilari soni 5 million kishiga yetdi

Foto: Instagram / @sanchooo10