O‘zbekistonda dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

O‘zbekistonda dam olish kunlari janubdan quruq va issiq havoning kirishi davom etadi, ob-havo kam bulutli bo‘ladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Daryo”

17—18-oktabr kunlari havo harorati kechasi 8-10 daraja atrofida, kunduzi 23-25 daraja bo‘ladi. Bunday harorat iqlimiy me’yordan 4-5 darajaga yuqoridir.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda oktabr o‘rtasining ob-havosi har xil bo‘ladi. Shunday 2012, 2016 va 2018-yillarda kechasi havo harorati pasaygan, kunduzi esa 6-8 daraja iliqdan ko‘tarilmagan.

2008, 2010, 2011, 2017-yillarda oktabr o‘rtasida eng issiq ob-havo kuzatilgan — kunduzi harorat 28-30 darajaga ko‘tarilgan. Oktabrning shu kunlari uchun maksimal harorat rekordi 32-34 darajani tashkil etadi.