Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 2 milliondan oshdi

Rossiyada 19-noyabr tonggi holatga ko‘ra, koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 23 610 ta yangi holat qayd etildi, deb xabar bermoqda Meduza. Bu sutkalik kasallanishlar soni bo‘yicha yangi rekord. Avvalgi rekord — sutkasiga 22 702 ta kasallanish holati bundan bir kun avval qayd etilgandi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “TASS”

Eng ko‘p kasallanganlar Moskvada (sutkasiga 6438 nafar), Sankt-Peterburgda (+2312) va Moskva viloyatida (+880).

Rossiyada COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 2 015 608 nafarga yetdi.

So‘nggi bir kecha-kunduzda koronavirusdan yana 463 kishi vafot etib, sutkalik o‘lim holatlari bo‘yicha pandemiya boshlanganidan buyon yangi yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. Rasmiy statistikaga ko‘ra mamlakatda jami 34 850 kishi vafot etgan.

Sog‘ayganlarning umumiy soni 1 526 656 nafarni tashkil etmoqda. Shundan 25 573 nafari so‘nggi sutkada tuzalib chiqqan.

Rospotrebnadzorning xabar berishicha, mamlakatda koronavirusni aniqlash uchun 70,6 milliontadan ortiq, shu jumladan, so‘nggi 24 soatda 577 ta test o‘tkazilgan.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya koronavirus qayd etilganlar soni bo‘yicha dunyoda AQSh, Hindiston, Braziliya va Fransiyadan keyin beshinchi o‘rinda.