Qashqadaryolik 91 yoshli onaxon koronavirusga qarshi emlandi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Qovchin qishlog‘ida yashovchi 91 yoshli Oydin Xidirova koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: SSV

Qayd etilishicha, 1930-yilda tug‘ilgan, “Omontepa” mahallasi Navro‘z ko‘chasi 30-uyda yashovchi onaxon tumandagi 52-sonli oilaviy poliklinikada emlangan. Ayni paytda ayol o‘zini yaxshi his qilmoqda  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Eslatib o‘tamiz, aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1-apreldan boshlandi. Emlash dastlab qariyalar, sog‘liqni saqlash xodimlari, OAV vakillarida ko‘ngilli tarzda o‘tkaziladi. 9-aprel holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 83 076 kishi koronavirusga qarshi emlangan.