O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 326 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 87 551 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 20-aprel kuni mamlakatning 12 ta hududida jami 326 ta kasallanish holati aniqlangan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 2 nafari Andijon viloyatida,
  • 9 nafari Buxoro viloyatida,
  • 6 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 1 nafari Navoiy viloyatida,
  • 4 nafari Namangan viloyatida,
  • 15 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 75 nafari Toshkent viloyatida,
  • 202 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, Qoraqalpog‘istonda 4 nafar, Buxoroda 6 nafar, Navoiyda 2 nafar, Sirdaryoda 5 nafar, Farg‘onada 2 nafar, Toshkent viloyatida 33 nafar, Toshkent shahrida 132 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 84 717 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 640 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2194 nafar bemordan 238 nafari og‘ir, 113 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Avvalroq Toshkentda karantin cheklovlari kuchaytirilgan birinchi kunda jamoat joylarida niqobsiz yurgan 773 kishi jarimaga tortilgani, O‘zbekistonda kasalxonalarida koronavirusga chalingan bolalar soni ortayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.