APL. “Manchester Yunayted” safarda “Chelsi”dan ochko tortib oldi

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 13-turida “Chelsi” va “Manchester Yunayted” jamoalari 28-noyabr, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Jeydon Sancho mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 69-daqiqada londonliklar Jorjinyoning penaltidan urgan goli evaziga muvozanatni tikladi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Uchrashuvdagi gollar videosini bu yerda tomosha qilish mumkin — video.

Ushbu natijadan keyin “Chelsi” 30 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. “Manchester Yunayted” esa 18 ochko bilan 8-pog‘onada bormoqda.

APL

13-tur bahsi

28-noyabr, yakshanba

“Chelsi” — “Manchester Yunayted” 1:1

Gollar: 0:1 – 50 Sancho, 1:1 – 69, penalti Jorjinyo.

“Chelsi”: Mendi, Jeyms, Tiago Silva, Ryudiger, Chaloba, Alonso (Maunt, 78), Jorjinyo, Ziyosh, Loftus-Chik, Verner (Lukaku, 82), Hadson-Odoi (Pulishich, 78).

“Manchester Yunayted”: De Xea, Uan-Bissaka, Lindelyof, Bayi, Telles, Matich, Fred, Brunu Fernandesh (van de Bek, 89), Maktominey, Sancho (Ronaldu, 64), Reshford (Lingard, 77).

Ogohlantirishlar: Maktominey (45), Reshford (49), Jeyms (53), Brunu Fernandesh (77), Ronaldu (90), Jorjinyo (90+5), Bayi (90+6).