La Liga. “Real” so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga “Sevilya”ni yengdi, “Atletiko”da yirik hisobdagi g‘alaba

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 15-turidan o‘rin olgan qator uchrashuvlar 28-noyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Madridning “Real” jamoasi o‘z maydonida “Sevilya”ni qabul qildi. O‘yinning 12-daqiqasida Rafa Mir mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 32-daqiqada Karim Benzema oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida Vinisius Junior gol urgan holda madridliklarga g‘alaba keltirdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Ushbu g‘alabadan keyin 33 ochko bilan yakka peshqadamlik qilmoqda. “Sevilya” (28) esa 4-pog‘onadan joy olgan.

Uchrashuvlardagi gollar videosini bu yerda tomosha qilish mumkin — video.

Yana bir o‘yin “Kadis” va “Atletiko” jamoalari o‘rtasida kechdi. Toma Lemar, Antuan Grizmann, Anxel Korrea va Mateus Kunyaning gollariga mezbonlar bitta to‘p bilan javob qaytardi.

“Atletiko” ochkolarini 29 taga yetkazib olgan holda ikkinchi pog‘onaga ko‘tarildi.

La Liga

15-tur bahslari

28-noyabr, yakshanba

“Real Madrid” — “Sevilya” 2:1

Gollar: 0:1 – 12 Rafa Mir, 1:1 – 32 Benzema, 2:1 – 87 Vinisius Junior.

“Real Madrid”: Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 90), Militao, Alaba, Mendi, Modrich (Kamavinga, 73), Kazemiro, Kroos, Asensio (Valverde, 73), Benzema, Vinisius Junior (Nacho, 90).

“Sevilya”: Bunu, Montel (Munir, 90), Kunde, Diyego Karlos, Akunya, Jordan (Oskar Rodriges, 82), Fernando, Rakitich (Dileyni, 71), Rafa Mir, Okampos (Idrissi, 90), Gomes (Oliver Torres, 81).

Ogohlantirishlar: Akunya (34), Montel (55), Kroos (61), Karvaxal (69), Okampos (84), Kazemiro (90).

“Kadis” — “Atletiko” 1:4

Gollar: 0:1 – 56 Lemar, 0:2 – 70 Grizmann, 0:3 – 76 Korrea, 0:4 – 86 Mateus Kunya, 1:4 – 86 Losano.

“Kadis”: Ledesma, Karselen, Aroyan, Kala, Espino, Salvi Sanches (Chapela, 78), Yonsson (Fali Ximenes, 83), Aleks Fernandes (Bastida, 83), Perea (Negredo, 68), Sobrino (Arsamendiya, 77), Losano.

“Atletiko”: Oblak, Lyorente, Savich, Ximenes (Felipe, 34), Ermoso, Lemar (Korrea, 73), de Paul, Koke, Karrasko, Suares (Mateus Kunya, 73), Grizmann.

Ogohlantirishlar: Aleks Fernandes (24), Yonsson (82).

“Betis” — “Levante” 3:1

Gollar: 0:1 – 7 Mustafi, 1:1 – 54 Xuanmi, 2:1 – 63 Xuanmi, 3:1 – 78 Xuanmi.

“Espanyol” — “Real Sosyedad” 1:0

Gol: 1:0 – 77 Errera.