A Seriya. “Yuventus” safarda autsayder ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 15-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Yuventus” 30-noyabr, seshanba “Salernitana” bilan bahs yuritdi.

Foto: Getty Images

Salernoda bo‘lib o‘tgan o‘yinda mehmonlar 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Birinchi bo‘limda Paulo Dibala hisobni ochdi. Uchrashuvning asosiy vaqti tugashiga 20 daqiqa qolganida esa Alvaro Morata turinliklarga ishonchli g‘alabani taqdim etgan golga mualliflik qildi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Ushbu g‘alabadan keyin “Yuventus”ning ochkolari soni 24 taga yetdi, jamoa 6-o‘rinda bormoqda. “Salernitana” (8) esa so‘nggi o‘rinni band etgan.

A Seriya

15-tur bahslari

“Salernitana” – “Yuventus” 0:2

Gollar: 0:1 – 21 Dibala, 0:2 – 70 Morata.

“Salernitana” – Belets, Keshrida (Skyavone, 50), Veseli, Domber, Galolo, Ranyeri (Yaroshinski, 82), Kulibali, Kapetssi (di Takkyo, 50), Zortea, Bonatssoli (Vergani, 82), Nvankvo (Jurich, 65).

“Yuventus” – Shchensni, Kuadrado, de Ligt, Kyellini, Pellegrini (Aleks Sandro, 67), Kulusevski (Soule, 90), Dibala, Bernardeski (Rabyo, 71), Bentankur, Lokatelli, Kin (Morata, 67).

Ogohlantirishlar: Galolo (25), Lokatelli (60).

“Atalanta” – “Venetsiya” 4:0

Gollar: 1:0 – 7 Pashalich, 2:0 – 12 Pashalich, 3:0 – 57 Kopmeyners, 4:0 – 67 Pashalich.

“Fiorentina” – “Sampdoriya” 3:1

Gollar: 0:1 – 15 Gabbyadini, 1:1 – 23 Kalyexon, 2:1 – 32 Vlahovich, 3:1 – 45 Sottil.

“Verona” – “Kalyari” 0:0