La Liga. “Real” Karim Benzemaning goli evaziga “Atletik”ni mag‘lub etdi

Futbol bo‘yicha La Liganing qoldirilgan 9-tur o‘yini 1-dekabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Unda “Real” o‘z maydonida “Atletik” bilan bahs yuritib, kichik hisobda g‘alaba qozondi. 40-daqiqada Karim Benzema madridliklarning yagona goliga mualliflik qildi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Shu tariqa “Real”ning barcha musobaqalar doirasidagi g‘alabali seriyasi 7 ta o‘yinga yetdi. Jamoa ketma-ket 10 ta bahsdan beri yutqazmayapti.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Karlo Anchelotti shogirdlari ochkolari sonini 36 taga yetkazdi va peshqadamlikni mustahkamladi. “Atletik” esa 20 ochko bilan 8-o‘rinda qoldi.

La Liga

9-tur bahsi

1-dekabr, chorshanba

“Real Madrid” — “Atletik” 1:0

Gol: 1:0 – 40 Benzema.

“Real Madrid”: Kurtua, Alaba, Militao, Mendi, Modrich (Valverde, 70), Kroos (Kamavinga, 80), Kazemiro, Vaskes (Nacho, 80), Benzema, Asensio (Rodrigo, 64), Vinisius Junior.

“Atletik”: Unai Simon, Lekue (de Markos, 46), Yeray Alvares, Nunyes, Balensiaga, Sarraga, Dani Garsiya (Vesga, 82), Vensedor (Uilyams, 63), Raul Garsiya (Sanset, 70), Uilyams, Muniain (Berenger, 70).

Ogohlantirishlar: Sarraga (31), Lekue (43), Modrich (68), Uilyams (77), Kazemiro (77).