Bundesliga. 5 ta gol urilgan o‘yinda “Bavariya” “Borussiya D”ni qiyinchilik bilan yengdi, Levandovskidan dubl
Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 4-dekabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Foto: Getty Images
Turning markaziy uchrashuvida “Borussiya D” “Bavariya” bilan bahs olib bordi. 5-daqiqada Yulian Brandt hisobni ochgan bo‘lsa, 9-daqiqada Robert Levandovski muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Kingsli Koman myunxenliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
48-daqiqaga kelib esa Erling Holand hisobni 2:2 ko‘rinishiga olib keldi. Biroq 77-daqiqada Robert Levandovski penaltidan unumli foydalanib, “Bavariya”ga g‘alaba keltirdi.
Ushbu g‘alabadan keyin Yulian Nagelsmann shogirdlari ochkolari sonini 34 taga yetkazib, birinchi o‘rinni mustahkamladi. “Borussiya D” 30 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoldi.
Bundesliga
14-tur bahslari
4-dekabr, shanba
“Borussiya D” –“Bavariya” 2:3
Gollar: 1:0 – 5 Brandt, 1:1 – 9 Levandovski, 1:2 – 44 Koman, 2:2 – 48 Holand, 2:3 – 77 Levandovski (penalti).
“Borussiya D”: Kobel, Menye, Hummels, Akanji, Gerreyru (Shuls, 82), Jan, Brandt (Volf, 70), Doud (Malen, 60), Bellinghem, Roys, Holand (Tigges, 82).
“Bavariya”: Noyer, Pavar, Ernandes (Zyule, 74), Upamekano, Devis, Goretska (Musiala, 65), Tolisso, Myuller, Levandovski, Koman (Nyanzu, 88), Sane (Gnabri, 65).
Ogohlantirishlar: Jan (51), Bellingem (86), Levandovski (87), Upamekano (90).
“Union Berlin” –“Leypsig” 2:1
Gollar: 1:0 – 6 Avoniyi, 1:1 – 13 Nkunku, 2:1 – 57 Baumgartl.
“Mayns” –“Volfsburg” 3:0
Gollar: 1:0 – 2 Burkardt, 2:0 – 4 Shtax, 3:0 – 90 Lakrua (avtogol).
“Hoffenhaym” –“Ayntraxt” 3:2
Gollar: 0:1 – 15 Borre, 1:1 – 24 Gayger, 2:1 – 30 Ryutter, 3:1 – 59 Samasseku, 3:2 – 72 Pasiensiya.
“Arminiya” –“Kyoln” 1:1
Gollar: 0:1 – 17 O‘zjan, 1:1 – 59 Lasm.
“Bayer” –“Groyter” 7:1
Gollar: 1:0 – 12 Adli, 2:0 – 17 Tapsoba, 2:1 – 33 Dudzyak, 3:1 – 45 Inkapie, 4:1 – 49 Shik, 5:1 – 69 Shik, 6:1 – 74 Shik, 7:1 – 76 Shik.
“Augsburg” –“Boxum” 2:3
Gollar: 0:1 – 23 Polter, 0:2 – 40 Holtmann, 0:3 – 45 Polter, 1:3 – 57 Gregorich, 2:3 – 86 Kalijuri (penalti).