A Seriya. “Yuventus” Shevchenko qo‘l ostidagi “Jenoa”dan ustun keldi, “Latsio” 4 ta gol urilgan o‘yinda g‘alabaga erishdi
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 16-turidan o‘rin olgan qator uchrashuvlar 5-dekabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Foto: Getty Images
“Yuventus” klubi o‘z maydonida “Jenoa”ni qabul qildi. Uchrashuvning 9-daqiqasida Xuan Kuadrado hisobni ochgan bo‘lsa, 82-daqiqada Paulo Dibala oradagi farqni oshirdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Mazkur g‘alaba orqali turinliklar ochkolarini 27 taga yetkazib olgan holda 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Jenoa” (10) 18-pog‘onada bormoqda.
Yana bir o‘yin “Latsio” klubi “Sampdoriya” uyida mehmon bo‘ldi. Chiro Immobilening dubli va Sergey Milinkovich-Savichning goli rimliklarga g‘alaba keltirdi.
A Seriya
16-tur bahslari
5-dekabr, yakshanba
“Yuventus” — “Jenoa” 2:0
Gollar: 1:0 – 9 Kuadrado, 2:0 – 82 Dibala.
“Yuventus”: Shchensni, Kuadrado, de Ligt, Kyellini, Pellegrini (Aleks Sandro, 46), Dibala (Kayo Jorje, 89), Bernardeski (Rabyo, 83), Kulusevski, Bentankur, Lokatelli, Morata (Kin, 73).
“Jenoa”: Sirigu, Biraski, Bani (Vanxoysden, 73), Vaskes, Gilyone, Ture (Portanova, 59), Behrami (Galdames, 59), Ernani, Kambyazo (Melegoni, 85), Byanki (Pandev, 58), Ekuban.
Ogohlantirishlar: Pellegrini (34), Kambyazo (49), Morata (72), Kin (74).
“Sampdoriya” — “Latsio” 1:3
Gollar: 0:1 – 7 Milinkovich-Savich, 0:2 – 17 Immobile, 0:3 – 37 Immobile, 1:3 – 89 Gabbyadini.
Chetlatish: Milinkovich-Savich (67).
“Bolonya” — “Fiorentina” 2:3
Gollar: 0:1 – 33 Male, 1:1 – 42 Barrou, 1:2 – 51 Biragi, 1:3 – 67, penalti Vlahovich, 2:3 – 83 Xiki.
“Spetsiya” — “Sassuolo” 2:2
Gollar: 1:0 – 35 Manay, 2:0 – 47 Jasi, 2:1 – 66 Raspadori, 2:2 – 79 Raspadori.
“Venetsiya” — “Verona” 3:4
Gollar: 1:0 – 12 Chekkaroni, 2:0 – 19 Chrnigoy, 3:0 – 27 Anri, 3:1 – 52, avtogol Anri, 3:2 – 65, penalti Kaprari, 3:3 – 67 Simeone, 3:4 – 85 Simeone.