A Seriya. “Roma” o‘z uyida autsayderni yengdi, Eldor Shomurodov zaxirada qoldi

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 17-turida “Roma” 13-dekabr, dushanba kuni “Spetsiya”ga qarshi bahs olib bordi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvda “bo‘rilar” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Rimliklar tarkibida Kris Smolling va Rojer Ibanez gol muallifiga aylandi. Eldor Shomurodov uchrashuvda maydonga tushmadi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Roma” ochkolari sonini 28 taga yetkazdi va musobaqa jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Spetsiya” (12) 17-pog‘onada bormoqda.

Joze Mourinyo shogirdlari keyingi turda 18-dekabr kuni “Atalanta” maydoniga safar qiladi.

A Seriya

17-tur bahsi

13-dekabr, dushanba

“Roma” — “Spetsiya” 2:0

Gollar: 1:0 – 6 Smolling, 2:0 – 56 Rojer.

“Roma”: Ruy Patrisiu, Karsdorp, Smolling (Diavara, 64), Kumbula, Rojer, Vinya, Mxitaryan, Veretu (Bove, 90+3), Kristante, Mayoral (Afena-Gyan, 64), Abraham.

“Spetsiya”: Provedel, Nikolau, Amyan, Erlich, Sala (Kiver, 17), Resa, Kovalenko (Agudelo, 53), Majore (Bastoni, 53), Jasi, Manay, Streles (Verde, 53).

Ogohlantirishlar: Vinya (54), Kumbula (65), Afena-Gyan (70), Jasi (90+2).

Chetlatish: Afena-Gyan (90+3).