A Seriya. “Yuventus” safarda ishonchli g‘alaba erishdi va 6-o‘ringa ko‘tarildi

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 18-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Yuventus” 18-dekabr, shanba kuni “Bolonya” bilan bahs yuritdi.

Foto: Getty Images

Bolonyada o‘tgan o‘yin turinliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 6-daqiqada Alvaro Morata hisobni ochgan bo‘lsa, 69-daqiqaga kelib, Xuan Kuadrado ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Ushbu g‘alabadan keyin Massimiliano Allegri boshqaruvidagi “keksa sinyora” 31 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarildi. Jamoa keyingi turda 22-dekabr kuni “Kalyari”ga qarshi o‘tkazadi. “Bolonya” (24) esa 10-pog‘onani band etgan.

A Seriya

18-tur bahsi

18-dekabr, shanba

“Bolonya” – “Yuventus” 0:2

Gollar: 0:1 – 6 Morata, 0:2 – 69 Kuadrado.

“Bolonya” – Skorupski, de Silvestri (Olsen, 46), Medel, Sumaoro, Teate, Xiki (Viola, 85), Soriano (Santander, 85), Svanberg (Vinyato, 79), Dominges, Arnautovich, Barrou (Sansone, 79).

“Yuventus” – Shchensni, Bonuchchi, de Ligt, Pellegrini (Aleks Sandro, 61), Rabyo, Artur (Lokatelli, 61), Makkenni (Bentankur, 72), Kuadrado, Morata (Kayo Jorje, 85), Bernardeski, Kin (Kulusevski, 71).

Ogohlantirishlar: Dominges (29), Makkenni (29).