APL. “Arsenal” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Lids”ni tor-mor etdi

Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Arsenal” 18-dekabr, shanba kuni “Lids” bilan bahs yuritdi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvda umumiy hisobda 5 ta gol urildi. Dastlab Gabriel Martinelli 16 va 28-daqiqalarda ketma-ket 2 ta gol urib, dublni rasmiylashtirdi. Birinchi bo‘lim yakunida Bukayo Saka hisobni “Arsenal”ning foydasiga yirik ko‘rinishga olib keldi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida mezbonlar hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi: Rafinya Dias 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi. 84-daqiqaga kelib, Emil Smit-Rou “Arsenal”ning 4-golini urib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi — 4:1.

Mazkur g‘alabadan keyin “kanonirlar” 32 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. “Lids” esa 16 ochko bilan 16-o‘rinni egallab turibdi.

Qayd etish kerak, 18-turning 6 ta o‘yini koronavirus pandemiyasi tufayli qoldirildi. Bular: “Aston Villa” – “Byornli”, “Sauthempton” – “Brentford”, “Vest Hem” – “Norvich”, “Uotford” – “Kristal Pelas”, “Manchester Yunayted” – “Brayton”, “Everton” – “Lester”.

APL

18-tur bahsi

18-dekabr, shanba

“Lids” – “Arsenal” 1:4

Gollar: 0:1 – 16 Martinelli, 0:2 – 28 Martinelli, 0:3 – 42 Saka, 1:3 – 75, penalti Rafinya, 1:4 – 84 Smit-Rou.

“Lids” – Melye, Drame, Eyling, Kox, Dallas, Forshou, Klix (Grinvud, 78), Harrison (Sammervill, 31; Makkarron, 81), Roberts, Rafinya, Gelhardt.

“Arsenal” – Remsdeyl, Tomiyasu (Soaresh, 64), Gabriel, Uayt, Tirni, Nunu Tavaresh, Saka (Smit-Rou, 78), Jaka, Parti, Edegor, Lyakazett, Martinelli.

Ogohlantirishlar: Gelhardt (52), Dallas (56), Jaka (86).