Bundesliga. “Borussiya D” kutilmaganda poytaxt jamoasiga yengildi

Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 18-dekabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Borussiya D” Berlinda “Herta” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 31-daqiqasida dortmundliklar futbolchisi Yulian Brant hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar Ishak Belfodil goli va Marko Rixterning dubli evaziga oldinga o‘tib oldi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     83-daqiqada Steffen Tigges hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi, ammo bu gol mehmonlarning mag‘lubiyatdan qutulib qolishga yetarli bo‘lmadi.

Marko Roze shogirdlari 34 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoldi. “Herta” esa ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 20 taga yetkazdi va 12-o‘ringa chiqdi.

Bundesliga

17-tur bahsi

18-dekabr, shanba

“Herta” –“Borussiya D” 3:2

Gollar: 0:1 – 31 Brandt, 1:1 – 51 Belfodil, 2:1 – 57 Rixter, 3:1 – 69 Rixter, 3:2 – 83 Tigges.

“Herta”: Shvolov, Pekarik (Zefeyk, 55), Shtark, Torunariga, Mittelshtedt, Darida (Tuzar, 72), Askasibar, Ekkelenkamp (Zelke, 87), Belfodil (Plattenhardt, 87), Maolida, Rixter (Gexter, 72).

“Borussiya D”: Hits, Menye (Volf, 72), Vitsel (Zagadu, 72), Pongrachich, Shuls (Gerreyru, 72), Jan, Brandt (Tigges, 81), Daud, Roys (Azar, 58), Malen, Holand.

Ogohlantirish: Pongrachich (90).

“Hoffenhaym” –“Borussiya M” 1:1

Gollar: 0:1 – 35 Embolo, 1:1 – 90 Akpoguma.

“Ayntraxt” –“Mayns” 1:0

Gol: 1:0 – 34 Lindstrem.

“Leypsig” –“Arminiya” 0:2

Gollar: 0:1 – 57 Zerra, 0:2 – 75 Okugava.

“Groyter” –“Augsburg” 0:0

“Boxum” –“Union Berlin” 0:1

Gol: 0:1 – 16 Kruze.