La Liga. “Atletiko M” turning markaziy o‘yinida “Sevilya”ga yutqazib qo‘ydi

Futbol bo‘yicha La Liganing 18-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Atletiko M” 18-dekabr, shanba kuni “Sevilya” bilan bahs yuritdi.

Foto: Getty Images

Turning markaziy o‘yini maqomida o‘tgan o‘yinga “Sevilya” mezbonlik qildi. Uchrashuvda hisob Ivan Rakitich tomonidan 7-daqiqada ochildi. 33-daqiqaga kelib esa mehmonlar Felipening goli evaziga muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Biroq o‘yin yakunlanishi arafasida Lukas Okampos “Sevilya”ga uch ochko keltirgan golga mualliflik qildi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Shu tariqa “matraschilar” safardagi qiyin o‘tgan bellashuvda mag‘lubiyatga uchradi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Sevilya” 37 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. “Atletiko M” (29) esa 29 ochko bilan 5-pog‘onani band etgan.

La Liga

18-tur bahsi

18-dekabr, shanba

“Sevilya” — “Atletiko M” 2:1

Gollar: 1:0 – 7 Rakitich, 1:1 – 33 Felipe, 2:1 – 88 Okampos.

“Sevilya”: Bunu, Montyel (Gudel, 29), Diyego Karlos, Kunde, Rekik, Rakitich, Dileyni, Jordan (Akunya, 54; Augustinsson, 85), Gomes (Munir, 84), Okampos, Ivan Romero (Rafa Mir, 54).

“Atletiko”: Oblak, Trippyer, Kondogbia, Felipe, Ermoso, Karrasko, Koke, Lemar, Lyorente (de Paul, 40), Suares (Mateus Kunya, 57), Korrea (Joau Feliks, 46).

Ogohlantirishlar: Rekik (66), Gomes (68), Montyel (69), Mateus Kunya (90).