A Seriya. “Milan” o‘z uyida “Napoli”ga yutqazib qo‘ydi va uchinchi o‘ringa tushib ketdi
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 18-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 19-dekabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Foto: Getty Images
Turning markaziy o‘yini “Milan” va “Napoli” jamoalari o‘rtasida kechdi. Uchrashuvning 5-daqiqasida Enes Elmaz tomonidan urilgan gol o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Napoli” ochkolarini 39 taga yetkazib olgan holda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Milan” (39) esa uchinchi pog‘onaga tushib ketdi.
A Seriya
18-tur bahslari
19-dekabr, yakshanba
“Milan” — “Napoli” 0:1
Gol: 0:1 – 5 Elmaz.
“Milan”: Menyan, Florensi (Kalulu, 86), Romanoli, Tomori, Ballo-Ture, Krunich (Salemakers, 63), Kessie, Tonali (Bennaser, 78), Ibrahimovich, Brahim Dias (Jiru, 63), Junior Messias (Kastilyexo, 78).
“Napoli”: Ospina, Malkyui, Jezus, Rrahmani, Di Lorenso, Demme (Lobotka, 54), Zelinski (Unas, 77), Zambo-Angissa, Elmaz (Gulyam, 86), Petanya (Mertens, 78), Losano (Politano, 77).
Ogohlantirishlar: Di Lorenso (33), Malkyui (67).
“Fiorentina” — “Sassuolo” 2:2
Gollar: 0:1 – 32 Skamakka, 0:2 – 37 Frattezi, 1:2 – 51 Vlaxovich, 2:2 – 61 Torreyra.
“Spetsiya” — “Empoli” 1:1
Gollar: 1:0 – 50, avtogol Markitssa, 1:1 – 71, avtogol Nikolau.
“Torino” — “Verona” 1:0
Gol: 1:0 – 26 Pobega.
“Sampdoriya” — “Venetsiya” 1:1
Gollar: 1:0 – 1 Gabbyadini, 1:1 – 87 Anri.