La Liga. “Real” Madridda bo‘lib o‘tgan o‘yinda autsayderni mag‘lub eta olmadi

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 18-turidan o‘rin olgan qator bellashuvlar 19-dekabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Madridning “Real” klubi o‘z maydonida “Kadis”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda katta ustunlikka ega bo‘lgan madridliklar raqib darvozasi tomon yo‘l topa olmadi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

“Real” 43 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turibdi va eng yaqin ta’qibchisi “Sevilya”ni olti ochkoga ortda qoldirmoqda. “Kadis” esa 14 ochko bilan 19-pog‘onada bormoqda.

La Liga

18-tur bahslari

19-dekabr, yakshanba

“Real Madrid” — “Kadis” 0:0

“Real Madrid”: Kurtua, Alaba, Militao, Mendi (Nacho, 82), Kroos, Kazemiro, Valverde (Yovich, 70), Vaskes, Benzema, Azar, Vinisius Junior.

“Kadis”: Ledesma, Akapo, Kala, Fali Ximenes, Espino, Alexo (Chapela, 71), Yonsson (Bastida, 85), Alarkon, Aleks Fernandes, Losano (Negredo, 46), Sobrino.

Ogohlantirishlar: Kazemiro (26), Kala (64).

“Granada” — “Malyorka” 4:1

Gollar: 1:0 – 20 Molina, 1:1 – 24 Dani Rodriges, 2:1 – 61 Molina, 3:1 – 90 Molina, 4:1 – 90 Puertas.

“Atletik” — “Betis” 3:2

Gollar: 1:0 – 2 Uilyams, 1:1 – 6 Xuanmi, 1:2 – 52 Fekir, 2:2 – 72 Uilyams, 3:2 – 89 De Markos.

“Xetafe” — “Osasuna” 1:0

Gol: 1:0 – 90 Poveda.