Liga 1. “PSJ” autsayderga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan bir nechta o‘yin 22-dekabr, chorshanba kuni o‘tkazildi.

Foto: Getty Images

“PSJ” “Loryan” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 40-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Toma Monkondyui hisobni ochdi. 90+1-daqiqada Mauro Ikardi muvozanatni tikladi va “PSJ”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Serxio Ramos 86-daqiqada qizil kartochka olib maydonni tark etdi va parijliklar o‘yin oxirida 10 kishi bo‘lib harakat qildi.

Maurisio Pochettino shogirdlari 46 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. “Loryan” esa 16 ochko bilan 18-pog‘onadan joy olgan.

Liga 1

19-tur bahslari

22-dekabr, chorshanba

“Loryan” — “PSJ” 1:1

Gollar: 1:0 – 40 Monkondyui, 1:1 – 90 Ikardi.

“Loryan”: Nardi, Mendes, Laport, Yens, Le Goff, Uattara, Le Fe, Monkondyui, Aberjel, Moffi, Loryante (Igor Silva, 78).

“PSJ”: Navas, Hakimi, Markinyos, Kimpembe, Mendesh (Ramos, 46), Veynaldum, Di Mariya, Errera (Yansane, 75), Guye, Messi, Ikardi.

Ogohlantirishlar: Uattara (43), Ramos (81), Veynaldum (85).

Chetlatish: Ramos (86).

“Monako” — “Renn” 1:2

Gollar: 0:1 – 16 Tere, 1:1 – 35 Ben-Yedder (penalti), 2:1 – 72 Folland.

“Bordo” — “Lill” 2:3

Gollar: 1:0 – 17 Elis, 1:1 – 33 Andre, 2:1 – 45 Elis, 2:2 – 77 Yilmaz (penalti), 2:3 – 84 Devid.

“Monpelye” — “Anjer” 4:1

Goli: 1:0 – 14 Savane, 2:0 – 30 Kossa, 2:1 – 45 Pereyra Laje, 3:1 – 51 Ristich, 4:1 – 76 Mavididi.

“Nitssa” — “Lans” 2:1

Gollar: 0:1 – 30 Kalimuendo, 1:1 – 63 Lemina, 2:1 – 79 Klyuyvert.

“Lion” — “Mets” 1:1

Gollar: 1:0 – 56 Lukeba, 1:1 – 58 Traore.

“Sent-Etyen” — “Nant” 0:1

Gol: 0:1 – 83 Kolo-Muani.

“Trua” — “Brest” 1:1

Gollar: 0:1 – 5 Onora, 1:1 – 80 Rami.

“Marsel” — “Reyms” 1:1

Gollar: 0:1 – 75 Ekitik, 1:1 – 90+8 Payet (penalti).