A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushgan o‘yinda “Milan”ga imkoniyatni boy berdi
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 20-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar 6-yanvar, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Foto: Getty Images
“Milan” o‘z uyida “Roma”ni qabul qildi. Uchrashuvning 8-daqiqasida Olivye Jiru hisobni ochgan bo‘lsa, 17-daqiqada Junior Messias milanliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 40-daqiqada Temmi Abraham hisobni qisqartirdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Ikkinchi bo‘limda Rafael Leao gol urdi va “Milan”ning ishonchli g‘alabasini ta’minladi. Eldor Shomurodov 76-daqiqada Temmi Abrahamning o‘rniga maydonga tushdi. Qayd etish kerak, rimliklar o‘yinni 9 futbolchi bo‘lib yakunladi: Rik Karsdorp (74) va Janluka Manchini (90+3) ikkitadan sariq kartochka olib, maydonni tark etdi.
“Milan” ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 45 taga yetkazdi va ikkinchi o‘rinda bormoqda, Joze Mourinyo shogirdlari 32 ochko bilan oltinchi pog‘onadan o‘rin olgan.
A Seriya taqvimi, to‘purarlari ro‘yxati, onlayn jadvallarini bu yerda ko‘rish mumkin — havola.
A Seriya
20-tur bahslari
6-yanvar, payshanba
“Milan” – “Roma” 3:1
Gollar: 1:0 – 8 Jiru (penalti), 2:0 – 17 Junior Messias, 2:1 – 40 Abraham, 3:1 – 82 Rafael Leau.
“Milan”: Menyan, Florensi (Konti, 78), Gabbiya, Kalulu, Ernandes, Maldini, Krunich (Bakayoko, 64), Salemakers (Rafael Leau, 64), Tonali, Jiru (Ibrahimovich, 77), Brahim Dias (Maldini, 88), Junior Messias.
“Roma”: Ruy Patrisiu, Karsdorp, Smolling, Manchini, Rojer, Vinya (Kristante, 71), Mxitaryan, Veretu (Afena-Gyan, 71), Pellegrini (ash-Shaaravi, 71), Zaniolo (Karles Peres, 85), Abraham (Shomurodov, 76).
Ogohlantirishlar: Abraham (7), Zaniolo (18), Karsdorp (44), Ernandes (44), Krunich (56), Kristante (85).
Chetlatish: Karsdorp (74), Manchini (90+3).
“Sampdoriya” – “Kalyari” 1:2
Gollar: 1:0 – 18 Gabbyadini, 1:1 – 55 Deyola, 1:2 – 71 Pavoletti.
“Latsio” – “Empoli” 3:3
Gollar: 0:1 – 6 Bayrami (penalti), 0:2 – 8 Jurkovski, 1:2 – 14 Immobile, 2:2 – 66 Milinkovich-Savich, 2:3 – 75 Di Franchesko, 3:3 – 90+3 Milinkovich-Savich.
“Spetsiya” – “Verona” 1:2
Gollar: 0:1 – 59 Kaprari, 0:2 – 70 Kaprari, 1:2 – 85 Erlich.
“Sassuolo” – “Jenoa” 1:1
Gollar: 0:1 – 6 Destro, 1:1 – 55 Berardi.