A Seriya. “Yuventus” o‘z uyida “Napoli”ni mag‘lub etolmadi

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 20-turidan o‘rin olgan “Yuventus” va “Napoli” o‘rtasidagi uchrashuv 6-yanvar, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 23-daqiqasida mehmonlar vakili Dris Mertens hisobni ochdi. 54-daqiqada Federiko Kyeza muvozanatni tikladi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol qilinmadi va o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

“Yuventus” durang natijadan so‘ng 35 ochko bilan 5-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Napoli” 40 ochko bilan 3-o‘rinni band etib turibdi.

A Seriya taqvimi, to‘purarlari ro‘yxati, onlayn jadvallarini bu yerda ko‘rish mumkin — havola.

A Seriya

20-tur bahsi

6-yanvar, payshanba

“Yuventus” – “Napoli” 1:1

Gollar: 0:1 – 23 Mertens, 1:1 – 54 Kyeza.

“Yuventus”: Shensni, Rugani, de Ligt, Aleks Sandro (De Shilyo, 75), Rabyo (Bentankur, 66), Lokatelli, Makkenni, Kuadrado, Morata (Kin, 75), Bernardeski (Dibala, 66), Kyeza (Kulusevski, 81).

“Napoli”: Ospina, Di Lorenso, Jezus, Rrahmani, Gulyam, Demme, Lobotka (Zanyoli, 90+2), Zelinski, Mertens (Petanya, 89), Insinye, Politano (Elmaz, 76).

Ogohlantirishlar: Aleks Sandro (44), Demme (87).