Angliya Kubogi. 5 ta gol urilgan o‘yinda “Manchester Siti” yirik hisobda g‘alaba qozondi

Futbol bo‘yicha Angliya Kubogining 3-bosqichidan o‘rin olgan o‘yinda “Suindon” va “Manchester Siti” jamoalari 7-yanvar, juma kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Foto: Getty Images

“Shaharliklar” safida Bernardu Silva, Gabriel Jezus, Ilkay Gundo‘g‘an va Koul Palmer gol urgan bo‘lsa, “Suindon” safida Harri Makkerdi o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

To‘rtinchi divizion jamoasi ustidan qozonilgan ushbu g‘alabadan so‘ng Pep Gvardiola shogirdlari keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Angliya Kubogi

3-bosqich bahsi

7-yanvar, juma

“Suindon” – “Manchester Siti” 1:4

Gollar: 0:1 – 14 Bernardu Silva, 0:2 – 28 Gabriel Jezus, 0:3 – 59 Gundo‘g‘an, 1:3 – 78 Makkerdi, 1:4 – 82 Palmer.

“Suindon”: Uord, Kessler, Konroy, Hant, Odimayo (Krichlou, 71), Yandolo, Gleduin (Uilyams, 71), Rid (Ist, 87), Layden, Makkerdi (Dabre, 87), Simpson (Parsons, 83).

“Manchester Siti”: Steffen, Uoker, Ake (Mbete-Tatu, 86), Ruben Diash, Joau Kanselu, Gundo‘g‘an (Lavia, 83), de Bryuyne (Makati, 66), Rodri, Bernardu Silva, Palmer (Kayki, 86), Gabriel Jezus.

Ogohlantirishlar: Rodri (64), Uoker (80), Makati (90).