24-fevral, dushanba kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Tegu, Janubiy Koreya
Shifoxona tashqarisida hordiq chiqarayotgan tibbiyot xodimi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.

Foto: Reuters
Port-o-Prens, Gaiti
Gaiti poytaxtida bo‘layotgan tartibsizliklar tufayli mamlakatda o‘tkaziladigan karnaval bekor qilindi.

Foto: Reuters
G‘azo sektori
Isroil tomonidan G‘azo sektoriga berilgan zarbadan keyingi olov va tutun uzoqdan ko‘rinmoqda.

Foto: Reuters
Ahmadobod, Hindiston
Sardor Patel stadionida Donald Tramp chiqish qilayotgan paytda xavfsizlikni ta’minlayotgan AQSh maxfiy xizmati va Hindiston maxsus himoya guruhi a’zolari.

Foto: AFP
Mavzuga doir: “Namaste Tramp”. AQSh prezidentining Hindistonga tashrifiga qanday tayyorgarlik ko‘rildi? (fotogalereya)
Milan, Italiya
“San-Siro” stadioni oldidagi “Inter” muxlisi. Koronavirus tufayli futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasi doirasidagi bir nechta o‘yin qoldirildi.

Foto: Reuters
Moskva, Rossiya
Vladimir Putin Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Noma’lum askar poyiga gul qo‘yish marosimida.

Foto: Reuters
Taltuna, Suriya
Yerosti boshpanasidagi suriyalik oila. Bu yerda Aleppo va Idlibdan ko‘chirilgan bir necha oila yashamoqda.

Foto: AFP
Nyu-Deli, Hindiston
Fuqarolik bo‘yicha yangi qonun tarafdori qonunga qarshilar tomon tosh otmoqda.

Foto: Reuters
Italiya
Italiyaning 12 ta shahrida koronavirus tufayli karantin e’lon qilindi.

Foto: EPA
Vinya-del-Mar, Chili
Hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda.

Foto: Reuters
Seul, Janubiy Koreya
Koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqib olgan ayol ko‘zgular oldidan o‘tmoqda.

Foto: Reuters
Agra, Hindiston
AQSh prezidenti Donald Tramp rafiqasi Melaniya bilan birga Toj Mahal yodgorligini ziyorat qildi.

Foto: Reuters
London, Angliya
Wikileaks asoschisi Julian Assanjning AQShga ekstraditsiya qilish masalasi bo‘yicha sud boshlandi.

Foto: Reuters
Fahahil, Kuvayt
Maxsus xizmat xodimi Erondan evakuatsiya qilingan fuqarolar karantinga joylashtirilgan mehmonxonani qo‘riqlamoqda.

Foto: Reuters
Mavzuga doir: Eron koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha Xitoydan so‘ng ikkinchi mamlakatga aylandi
Olmaota, Qozog‘iston
Hukumatga qarshi namoyish ishtirokchisi politsiya tomonidan qo‘lga olindi.

Foto: Reuters
Rio-de-Janeyro, Braziliya
Viraduro samba maktabi ishtirokchilarining karnavaldagi chiqishi.

Foto: Reuters
Folkmarzen, Germaniya
Karnaval vaqtida yengil mashina odamlarni bosib ketishi oqibatida 30 dan ortiq odam jarohatlandi. Haydovchi qo‘lga olindi.

Foto: EPA
Tikipaya, Boliviya
Ko‘ngillilar toshqinlarga sabab bo‘lgan kuchli yomg‘irdan keyin odamlarning shaxsiy buyumlarini ko‘chirishga yordam bermoqda.

Foto: Reuters
Milan, Italiya
Jorjio Armani koronavirus sababli modalar namoyishini bekor qildi.

Foto: Reuters
Mavzuga doir: Italiyada koronavirus avj olmoqda: Karnaval, modalar namoyishi, futbol uchrashuvlari bekor qilindi
Najaf, Iroq
Hukumatga qarshi namoyish o‘tkazayotgan iroqliklar koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqib olgan. Iroqda birinchi marta koronavirus bilan kasallanish holati eronlik talabada qayd etildi.

Foto: Reuters
