Toʼrtliklar (Xayol…)
Xayol surganda inson,
Tushar goʼyo tuzoqqa.
Xayolin boʼlsang shu on,
Uchib ketar uzoqqa! …
УНИВЕРСАЛЬНЫЙ РАЗВЛЕКАТЕЛЬНЫЙ & ИНФОРМАЦИОННЫЙ & ЛИТЕРАТУРНЫЙ & НОВОСТНОЙ ПОРТАЛ
Xayol surganda inson,
Tushar goʼyo tuzoqqa.
Xayolin boʼlsang shu on,
Uchib ketar uzoqqa! …
Doimo tarozining,
Yengar ogʼir tomoni.
Odatda insonlarning,
Yengiladi yomoni
-«Televizorni yoqib qoʼy,
Xozir boshlaydi ertak!».
-«Аxir boʼldi ikki oy,
Buzilganiga tentak!»
Muammo koʼp xayotda,
Bariga bordir yechim.
Buning uchun albatta,
Sabr boʼlmogʼi muxim.
Uzoq vaqt ayriliq azobi nedir,
Bilingki, bu sizga ogʼir sinovdir.
Аyriliq degani emas xiyonat,
Sadoqat – bir umr sizga omonat!