Barchaga ma’lumki, ovqatlanish jarayonidan so‘ng og‘iz bo‘shlig‘ida kislota-ishqor muvozanati buziladi va bu kariyes rivojlanishiga olib keladi. Shundan so‘ng tish va milk kasalliklari yanada avj olishi tabiiy. Bundan tashqari, tishlar orasida qolgan oziq-ovqat zarralari ham xavfli bakteriyalarning ko‘payishiga yordam beradi. Eng yaxshisi, ovqatlangandan keyin darhol og‘iz bo‘shlig‘i sovuq suv bilan chayilishi va tish oralari yaxshilab tozalanishi kerak  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Ammo buning iloji bo‘lmasa, tushlik yoki kechki ovqat vaqtida tishlarning tozalanishiga yordam beradigan ba’zi mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Foto: “BB.Iv”

Olma

Ushbu mevaning mustahkam tolasi xuddi tish cho‘tkasi kabi bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘idagi qoplama va oziq-ovqat zarralarini bartaraf eta oladi. Bundan tashqari, olmadagi yuqori kislotalilik xavfli bakteriyalarni yo‘q qiladi. Bu orqali tish, milk va og‘iz bo‘shlig‘ida paydo bo‘luvchi yoqimsiz hid ham bartaraf etiladi.

Sabzi

Qattiq sabzi tishlarni mexanik tarzda tozalaydi, shuningdek, so‘lak ishlab chiqarishni faol rag‘batlantiradi. Bu esa og‘iz bo‘shlig‘idagi mikrob va tish yuzasidagi qoplamalarni yuvadi. Shu bilan birga, sabzi B guruhi vitaminlariga boy bo‘lib, ular gingevit kasalligining oldini olishda yordam beradi.

Ko‘katlar

Ko‘katlardan ismaloq, karam yoki salat barglari ham tishni tozalash xususiyatiga ega. Ularning tarkibidagi kalsiy va B guruhi vitaminlari milklarni himoyalash hamda tishlarni mustahkam qilishda yordam beradi.

Pishloq

Pishloq tishlarni qoplab o‘luvchi zararli qoplamani tozalashi uchun yumshoqlik qilsa-da, uni muntazam iste’mol qilish tishlarni mo‘rtlashuvdan asraydi va kariyesning oldini oladi. Uning tarkibida tish emalini mustahkamlaydigan, kariyesga olib keladigan xavfli kislota ta’sirini me’yorlashtiradigan oqsil kazein mavjud.

От qwert.uz