Yengil tamaddi uchun ayni muddao bo‘lgan yegulik retseptini e’tiboringizga havola qilamiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • sosiska — 3-5 dona;
  • lavash xamiri — 1 dona;
  • pishloq — 150 g;
  • ko‘katlar;
  • mayonez;
  • tuxum — 2 dona;
  • tuz, murch;
  • sut — 1,2 qoshiq;
  • o‘simlik yog‘i — 4,5 qoshiq;
  • pomidor — 1 dona.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Sosiskalarni qaynating, lavash xamirini bir xil to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda kesib chiqing.
  • Sosiskani mayda shaklda to‘g‘rang.
  • Pishloqni qirg‘ichdan chiqaring, ko‘katlarni maydalang.
  • Mayonez qo‘shib aralashtiring, pomidor qo‘shing.
  • Nachinkani xamir ichiga solib, chetlarini birlashtiring.
  • Chaqilgan tuxumga tuz, murch va sut qo‘shing.
  • Aralashmaga botirilgan nachinkali lavashlarni o‘simlik yog‘i solingan tovaga solib qovuring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz