Rossiya prezidenti Vladimir Putin grippga qarshi emlatishdan o’tganligini aytdi va Kreml hukumati xamda ma’muriyatining barcha a’zolarini ham xuddi shunday qilishga chaqirdi —  deb yozadi «Mail.ru health». Bu haqda 11-noyabr, dushanba kuni RIA Novosti xabar bermoqda.

Davlat rahbari: «Agar vazirlar gripp bilan kasal bo’lsalar, ular o’zlariga o’q uzishlariga to’g’ri keladi, deb hazillashdi. «Gipp bilan kasal bo’lib qoldimi — demak, o’z-o’ziga o’q uzgan xisoblanadi. Xo’sh, qanday qilib? Oldini olish mumkin edi — ammo oldini olmadi!» — dedi u.
Dushanba kuni hukumat a’zolari bilan uchrashuvda prezident Sog’liqni saqlash vaziri Veronika Skvortsovaning grippga qarshi emlash jarayoni to’g’risidagi hisobotini tingladi.
Sotsiologlarning fikriga ko’ra, rossiyaliklarning yarmidan ko’pi (57 foiz) «Vaktsinalar infektsiyalardan himoya qiladi va zarardan ham ko’ra ko’proq foyda keltiradi» deb hisoblashadi.
Avvalroq Rospotrebnadzor fuqarolarni epidemiya boshlanmay turib, grippga qarshi emlanishga chaqirdi.
2016 yil aprel oyida Vladimir Putin dori-darmonlarni qabul qilish masalasida sportni va sog’lom turmush tarzini i afzal ko’rishini va ba’zida emlatish xam olishini aytgan edi.

От qwert.uz