Sevimli seriallar, shoular
va sport o‘yinlari bemorlarni chalg‘itishga, bir muncha kamroq dori-darmon ishlatishga
xamda tezroq sog‘ayib ketishlari ga yordam beradi.Hozirgi kunda Britaniyaning
bir nechta shifoxonalarida shifokorlar bemorlarga og‘riqli muolajalarni yengishda
yordam berishiga umid qiladigan usulning klinik sinovlari o‘tkazilmoqda, deb yozadi
«Mail.ru health» agentligi. Gap lokal bexushlik
ostida olib boriladigan va ko‘p xollarda tinchlantiruvchi preparatlarni jo‘natish
bilan bog‘liq protseduralar (masalan, biopsiya yoki endoskopiya ) xaqida bormoqda.
Bemor virtual reallik shlemini kiyib va amaliyot o‘tkazish
stolida yotgan xolda sevimli filmlarini, sport o‘yinlarini yoki teleshoularni ko‘rishi
mumkin bo‘ladi deb yozadi The Daily Mail. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, televizion ko‘rsatuvlarni
tomosha qilish va virtual haqiqatga kirishish bemorlarni yuz berayotgan narsadan
chalg‘itadi, bu esa o‘z navbatida og‘riq qoldiruvchi va tinchlantiruvchi vositalardan
kamroq foydalanishga imkon beradi xamda hatto sog‘ayishni xam tezlashtiradi. Shunday
qilib, Tayvandagi shifoxonada o‘tkazilgan tadqiqotda, 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan
136 nafar bola tomir orqali emlatilgan va ishtirokchilarning yarmi igna in’eksiyasi
paytida boshida virtual reallik kaskalarini kiygan xolda bo‘lgan.Natijada, bolalardan og‘riqlarini baholashni so‘rashganda,
chalg‘itilganlarda og‘riq xissi boshqalarga qaraganda ancha past darajada ekanligi
aniqlandi. Tadqiqot natijalari 2019 yil noyabr oyida Journal Of Clinical
Nursing — jurnalida e’lon qilindi.Dorset Grafligi Okrugidagi shifoxonalarda ishlaydigan doktor
Kler Bentning so‘zlariga ko‘ra, tajriba o‘tkazilayotgan yerda, qo‘rquv va tashvish
mavjud bo‘lganda, bu narsalar og‘riq hissini kuchaytiradi. Ammo bemor o‘z e’tiborini
protsedura (amaliyot)ga emas, balki o‘zi ko‘rayotgan tasvirga qaratganida, tinchlantiruvchi
dorilar kerak bo‘lmasligi xam mumkin, chunki bu masalagi klinik nuqtai nazardan
qaralsa, bemor bu narsalar kerak emas deb xisoblanadi. Ushbu usul allaqachon 30
nafar bemorda sinovdan o‘tgan va ularning hech biri tinchlantiruvchi vositalarga
muhtojlik sezmagan, faqat mahalliy (lokal) behushlik va teledasturlar bilan birgalikdagi
virtual reallik shlemidan foydalanilgan.