The World — bu shunchaki katta sayohat kruiz layner kemasi emas, ushbu ulkan suvda suzuvchi uyda 100 dan ortiq hashamdor xonadonlar mavjud. Kiborlar uchun xizmat ko‘rsatadigan katta kema 2002-yildan beri okeanda dunyo bo‘ylab sayohat qiladi. Kemadan xona olgan sayohatchilar (“yashovchilar”) istagan vaqtida bortga chiqishi mumkin va sayohat uchun kemaga alohida chipta olish majburiyatini olmagan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.  Kema yil davomida jahonning turli portlariga kirib boradi, suvdagi shaharcha aholisi esa ko‘plab sport, madaniyat tadbirlari, xususan, “Formula-1” poygalarining navbatdagi bosqichi, karnavallar, kinofestivallar va boshqa tadbirlarni tomosha qilish imkoniyatiga ega.

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

The World — uy-joy kompleksi sifatida bunyod qilingan birinchi dengiz yo‘lovchi kemasi. Kema xalqi dunyo bo‘ylab sayohat qilayotgan vaqtida bortda yuradi, kruiz layneri bitta portda 2-3 kun to‘xtab turadi.

Foto: Big Picture

Kema prinsipial va o‘zgacha kruiz kemasozligi konsepsiyasi asosida qurilgan. Kemani bunday qurish taklifini norvegiyalik tadbirkor Knud Kloster bergan.

Foto: Big Picture

Asosiy g‘oya o‘ta boy odamlar uchun suvda suzuvchi kurort shaklidagi ulkan uy barpo qilish bo‘lgan. Millionerlar kayutalar aniqrog‘i vannaxona va balkonga ega 100 dan 300 kvadrat metr maydongacha bo‘lgan hashamdor xonadonlarning haqiqiy egasi bo‘ladi.

Foto: Big Picture

Kema bortida jami 165 ta xonadon mavjud — kichik studiyalardan tortib uch xonali kavartiralargacha, hatto oltita yotoqxonaga ega 12 mehmonni sig‘dira oladigan pentxaus ham bor. 106 ta xonadon ikki va uch xonali.

Foto: Big Picture

Kemada yashaydiganlarning o‘rtacha yoshi 64 da, kema aholisining 35 foizini 50 yoshgacha bo‘lgan odamlar tashkil qiladi. Laynerda Shimoliy Amerika, Yevropa, Osiyo, Avstraliya, Janubiy Amerika va Janubiy Afrika mintaqalaridagi 19 ta mamlakatdan kelgan fuqarolar yashaydi. Ularning ayrimlari kemada yil davomida yashasa, ba’zilar 3-4 oy istiqomat qiladi.

Foto: Big Picture

Kayutalardagi hashamdor sharoitlardan tashqari kemada hamisha hayot qaynaydi. Layner bortida nafaqat hordiq olish, balki ishlash ham mumkin, zamonaviy texnologiyalar masofadan turib ishlash imkoniyatini yaratgan.

Foto: Big Picture

Basseynlar, golf maydonchasi, tennis kortlari, trenajor zallari, spa-markazlar, suv sporti bilan shug‘ullanish uchun binolar, kutubxona, teatr, sharob omborlari, tungi klub, restoran va barlar faoliyat olib boradi.

Foto: Big Picture

Kemaning 12 ta palubasida 165 ta shaxsiy rezidensiyalar, supermarket, spa-salonlar, kutubxonalar, golf, tennis, fitnes va suzish klublari mavjud.

Foto: Big Picture

The World ya’ni Dunyo laynerining uzunligi 196 metr, og‘irligi esa 43,5 ming tonnani tashkil etadi.

Foto: Big Picture

Bir necha hafta davomida bortda bo‘lib, dunyoning eng betakror manzillariga sayohat qilish mumkin. Kayuta egalari kvartiralarini ijaraga berib bundan daromad ham ko‘radi.

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Laynerda uch xil tipdagi kvartiralar mavjud: kichik studiyadan tortib uchta yotoqxonali hashamdor xonadongacha.

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Har bir xonadon egasi uyini o‘z didiga mos tarzda jihozlashi va ta’mirlashi mumkin.

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Kemadan xonadon olish arzonga tushmaydi – turli ma’lumotlarga ko‘ra xonadonlar narxi 3 dan 13 million AQSh dollarigacha narxlangan. Bunday qimmat qiymatga qaramay 80 ta xonadon kema qurib bitkazilguniga qadar sotib bo‘lingan.

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

От qwert.uz