Aktyor Leonardo Di Kaprio kema bortidan suvga tushib ketgan 24 yoshli erkakni qutqarishga yordam berdi. Erkak suvda taxminan 11 soat qolgan. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.
Foto: The Sun
Xabar berilishicha, aktyor 30-dekabr kuni dugonasi Kamila Morrone bilan Karib orollaridagi Sen-Marten oroli yaqinida ijaraga olingan yaxtada dam olayotgan edi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. Di Kaprio kemadan yiqilib tushgan yo‘lovchi qidirlayotgani haqidagi favqulodda chaqiruvni eshitgan. Shundan so‘ng aktyor uni qidirib yo‘lga tushgan.
Di Kaprioning yaxtasi kerakli hududdagi yagona kema bo‘lgan. Yo‘qolgan yo‘lovchini quyosh botishidan bir soat oldin topishga muvaffaq bo‘lingan. Qayd etilishicha, erkak qutqarilganidan keyin kuchli yog‘ingarchilik boshlangan.
Qutqarilgan erkak juda chanqagan edi. Unga ovqat, kiyim va suv berilgan. Keyinroq erkak qirg‘oq qo‘riqlash xizmatiga topshirilgan. Taxmin qilinishicha, erkak Club Med kompaniyasi xodimi bo‘lgan va juda mast bo‘lgani sababli suvga tushib ketgan.O‘zbekiston va jahon yangiliklari bilan Telegram orqali tanishing!