Yapon olimlari uyda kichik hayvonlarni parvarishlash diqqatni jamlashda katta yordam berishini aniqlagan. Haqiqatan ham uyda boqiladigan va umuman yovvoyi tabiatda yashovchi hayvon bolalarining harakatlarini kuzatib, yuzimizga beixtiyor tabassum yuguradi. E’tiboringizga antiqa qiliqlari va tashqi ko‘rinishi bilan insonlar kayfiyatini ko‘taradigan turli hayvon bolalarining antiqa suratlarini havola qilamiz — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: Big Picture
Dengiz mushugining bolasi. Yoqimtoy mushukchani ushlab ko‘rging, uni silab-siypalaging keladi-ya!
Foto: Big Picture
Multfilm qahramonini eslatib yuboruvchi surat. Bitta qiziq harakati bilan egasiga bir olam quvonch bera oladigan mittivoy.
Foto: Big Picture
Olmaxon bolasi shu qadar mittiki, hatto odam barmog‘i bilan bir xil o‘lchamda!
Foto: Big Picture
Kaftga sig‘ib ketadigan tipratikan bolasi — tikanlari bor deb ham o‘ylamaysiz, himoyasiz koptokcha.
Foto: Big Picture
Aka-uka filchalar. Birga o‘ynash naqadar zavqli!
Foto: Big Picture
Juda yoqimli surat. Jo‘jalar ushbu mehribon it bilan soatlab birga qolishga rozi bo‘lganiga nima deysiz?
Foto: Big Picture
Mushukcha o‘tirishni o‘rgangan ko‘rinadi. Ha u mushuklarga o‘xshab emas, balki odamlardek o‘tira oladi!
Foto: Big Picture
Qunduz bolalari shirin uyquda. Ular qanday tush ko‘rayotgan ekan-a?
Foto: Big Picture
Bolalikdan to‘g‘ri ovqatlanishga o‘rganish lozim.
Foto: Big Picture
Yoqimtoy kuchukchalar. Suratdagi ikkalasini ham uyda boqishni orzu qilayotganlar qancha.
Foto: Big Picture
Dumimni mahkam ushla yoxud onasidan uzoqlashishni istamaydigan bola.
Foto: Big Picture
Mitti va beziyon kichkintoy!
Foto: Big Picture
Ona olmaxon bolasi bilan. Ushbu ko‘rinish ham juda ta’sirli.
Foto: Big Picture
It jo‘ja uchun haqiqiy do‘st! Do‘stlik esa umuman chegara bilmaydi!
Foto: Big Picture
Dangasaning bolasi shu qadar kichikki, u chashka ichiga ham sig‘ishi mumkin!
Foto: Big Picture
Uyqudagi quyoncha! Garchi bu kabi suratlarda hayvonlar bolalari aks etgan bo‘lsa ham ular odamga sovuq qish havosida iliq kayfiyat ulashadi
Foto: Big Picture
Uyqu vaqti. O‘rdakchalar ham uxlashni biladi.
Foto: Big Picture
Va nihoyat bolaligimiz multfilmini eslatib yuboruvchi surat, maymun bolasi kirlar ilingan dorda ham sho‘xliklar qilishdan aslo to‘xtamaydi.