Avstraliyadagi tashlandiq kema orolga aylandi (video)

Avstraliya qirg‘oqlarida XIX asrga tegishli tashlandiq kema mangrova daraxtlari bilan qoplangani ko‘pchilikning e’tiborini tortdi, deb xabar beradi Sea News.

Foto: Dronehack Productions

City of Adelaida paroxodi Shotlandiyada qurilgan va 1863-yilning 22-dekabrida suvga tushirilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Kema Avstraliya va Gavayi orollari o‘rtasida muntazam yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullangan.

Oradan bir necha yil o‘tgach, yelkanli kemaga aylantirilgan paroxod Kokl ko‘rfazidagi sayoz joyga chiqib qolgan va hanuz o‘sha yerda yotibdi.

Avstraliya harbiy-havo kuchlariga tegishli qiruvchi samolyotlar Ikkinchi jahon urushi vaqtida City of Adelaida qoldiqlaridan nishon sifatida foydalangan.

Hozirda yarmi yo‘q bo‘lib ketgan kemada mangrova daraxtlari bilan burkangan va orol ko‘rinishiga kelib qolgan.