Bir-birini ko‘rolmaydigan ikki dugona bor ekan. Lekin xar xolda ulardan biri sal aqlliroq ekan. Bir kuni ular «kim ko‘zguga ko‘proq qarashi xaqida baxslashib qolishibdi. Birinchi bo‘lib, aqlliroq qiz gap boshlab, shunday debdi:

— «Men bo‘sh qoldim deguncha, ko‘zguni yoniga yuguraman. Xar safar ko‘zgu yordamida o‘zimga qarab, so‘ngra xusnimni barchaga ko‘z-ko‘z qilaman».

Ikkinchi dugona unga javoban, shunday debdi:

— «Seni gaplaringni yaxshi tushundim. Nima xam der edim. Lekin men ko‘zguga shunchalik ko‘p qaraymanki, xar kunlik umrimning qariyb yarmi ko‘zgu oldida o‘tadi. Ko‘zgu yordamida o‘zimga oro berib, xusnu-latofatimni olamga namoyish etaman. Senga nisbatan esa xulosam shu: Senga esizgina vaqt!»

Birinchi dugona esa. uning tartibsiz yig‘ishtirilgan sochlariga, g‘ijim bo‘lib turgan kiyimlariga bir qarab, so‘ngra debdi:

— «Men qisqa qilaman. Senga nisbatan xulosam shuki: Esizgina ko‘zgu!»

Er begona ayol bilan qandaydir katta konsertda oldingi qatorlardan birida o‘tirib olib, xotiniga SMS yozmoqda:

Er:

«MEN MAJLISDAMAN. UYGA KECHROQ BORAMAN»

Xotin:

«MAJLISDAN SO‘NG TASHQARIDA KUTAMAN»

Er:

«TOVUQ MIYA. SENGA NIMA BOR. TOMING JOYIDAMI.»
Xotin:

«DADASI. MENI TOMIM JOYIDA EMAS. LEKIN MENI JOYIM ORQA TOMONDA, BALKONDA»

От qwert.uz