Ona:

— Doniyorjon, toychog‘im, sen bog‘changni yaxshi ko‘rasanmi?

O‘g‘il:

— Xa oyijon, yana uzoq safarga otlandingizmi?

https://qwert.uz/wp-content/uploads/2020/03/unnamed-1-1.jpg

— Oyi, dadamga kecha bozordan olgan narsalaringizni ko‘rsatdingizmi?

— Yo‘q, xozircha ko‘rsatganim yo‘q. Nima edi?

— Unday bo‘lsa, kayfiyatlari yaxshiligida men avval kundaligimni ko‘rsatib olay!…

https://qwert.uz/wp-content/uploads/2020/03/69490782_08.jpg

— O‘g‘lim, qo‘shnimiznikiga chiqib, o‘rtog‘ing bilan bir pas o‘ynab turgin, men bozorga borib kelay!

— E, yo‘q, kerakmas. Uyda o‘zim xam turaveraman. «Dardisar» bo‘lishni xoxlamayman.

-Voy o‘lmasam, bolam, bu gapni qayerdan olding?

— Axir o‘zingiz kechagina o‘rtog‘im biznikiga chiqqanida «Xa, ana, shu dardisar kamlik qilib turuvdi» dedingizku!…

https://qwert.uz/wp-content/uploads/2020/03/d7300043b49311a2374e44b1cfeeb7e9.jpg

Bola televizordagi ona-bolaning muxabbati xaqidagi bolalar filmini tomosha qilib, undan g‘oyatda ta’sirlanib turgan paytda onasi kirib keldi:

Bola dedi:

— Onajon, men sizni yaxshi ko‘raman!

— Onasi:

— Voy o‘lmasam, xrustal vazani sindirib qo‘ydingmi?!…

https://qwert.uz/wp-content/uploads/2020/03/%D0%91%D0%B5%D0%B7-%D0%BD%D0%B0%D0%B7%D0%B2%D0%B0%D0%BD%D0%B8%D1%8F-1-2.jpg

— Dada, men bugun ancha barvaqt o‘yg‘ondim. Xatto sizlarni «tur o‘rningdan» deyishingizni xam kutmadim.

— Barakalla o‘g‘lim, xo‘sh undan keyin nimalar bilan shug‘ullanding? Badantarbiya deganday….

— Keyin ko‘zimni yana bir oz vaqtga yumgandim, yana xar kungiday uxlab qolibman!…

https://qwert.uz/wp-content/uploads/2020/03/%D1%81%D0%BF%D0%B0%D1%82%D1%8C-%D1%80%D0%B5%D0%B1%D0%B5%D0%BD%D0%BE%D0%BA-38777599.jpg

— Oyijon, menga bog‘cham uchun she’r yozib beraman degandingiz. Nimaga yozib bermadingiz?

— «Ilxom» kelmayaptida, bolam?

— Axir shuni aytmaysizmi! Ilxom boyadan beri changga belanib, ko‘chada to‘p tepayotgan edi. Xozir uni bir zumda yoningizga aytib kelaman…

https://qwert.uz/wp-content/uploads/2020/03/%D0%BC%D1%8F%D1%87.jpg

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz