86110478

Reper Dreyk Architectural Digest jurnaliga o‘z qasrini ko‘rsatdi va uning interyeri haqida so‘zlab berdi, deb yozadi Esquire.

Foto: Hello

Qo‘shiqchining Torontodagi 4600 kvadrat metrlik uyida ovoz yozish studiyasi, yopiq basseyn hamda mukofotlar uchun alohida xona mavjud  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Instagram / @archdigest

Foto: Instagram / @archdigest

Foto: Instagram / @archdigest

Jurnal o‘quvchilarining e’tiborini eng ko‘p jalb etgan narsa bu — Dreykning karavoti bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, reper Hästens kompaniyasi tomonidan buyurtma asosida ishlab chiqarilgan Grand Vividus modelidagi qariyb 400 ming dollarlik matrasda uxlaydi.

Foto: Instagram / @archdigest

“Men yotoqxonaga tashqi olamdan dam olish va hordiq chiqarish uchun kiraman. Karavotimda men o‘zimni suzayotgandek his etaman”, — deydi reper.

Shvetsiyaning Hästens oilaviy kompaniyasi ko‘plab mashhurlar uchun karavot va matraslar ishlab chiqaradi. Ularning narxi 15 ming dollardan boshlanadi.

Kompaniya egasi Linus Adolfssonning aytishicha, har bir matras ot tolasi, jun, paxta va zig‘ir kabi tabiiy materiallardan ishlab chiqarilgan. Kompaniya, shuningdek, o‘z matraslariga bir yil mobaynida bir necha marta xizmat ko‘rsatadi. Xizmat ko‘rsatish narxi matras narxining ichida.

Foto: Instagram / @archdigest

Grand Vividus modelidagi oddiy matras shunday ko‘rinishga ega.

Foto: Instagram / @archdigest

Dreyk uchun esa reper uyining interyerini yaratgan dizayner Ferris Rafauli bilan birga maxsus matras ishlab chiqarildi.

Eslatib o‘tamiz, Dreyk 2018-yilda kuylagan In my feelings (“Tuyg‘ularimda”) yoki Kiki, do you love me? (“Kiki, sen meni sevasanmi?”) qo‘shig‘i bilan olamshumul mashhurlikka erishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda #kikichallenge xeshtegi ostida yurib ketayotgan mashinadan sakrab tushib, ushbu qo‘shiq sadolari ostida raqsga tushish va uni videoga olish ommalashdi.

O‘zbekistonlik taniqli qo‘shiqchilar, xususan, Yulduz Usmonova ham ushbu chellenjda ishtirok etgan, keyinroq Dreykning ushbu taronasini Shahriyor bilan birga kuylagan edi.

От qwert.uz