Yulduz va mashhurlarning nafaqat ijodi, balki shaxsiy hayoti ham muxlislar uchun qiziqarli hisoblanadi. Ayniqsa, o‘zining esda qolarli rollari bilan taniqli bo‘lgan Bollivud yulduzlari hamisha e’tibor markazida bo‘lgan. Quyida bir qancha mashhur aktyorlarning rafiqalari qaysi kasb egasi ekanligiga izoh berib o‘tamiz  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Shohruhxonning turmush o‘rtog‘i Gauri Xon — interyer dizayneri va prodyuser

Foto: Getty Images

Bollivud qiroli Shohruhxonning rafiqasi Kolkata Knight Riders hamda Red Chillies entertainment prodyuserlik kompaniyasi egalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, uning D’décor nomli interyer do‘koni ham bor. Gauri qat’iy tartib-intizom sabab o‘zini muvaffaqiyatga erishgan deb hisoblaydi. Bu hali hammasi emas, uning nomi bilan atalgan kompaniya ham bor va Gauri boshchiligidagi dizaynerlar jamoasi, mashhur mehmonxona va restoranlarni jihozlash bilan shug‘ullanadi.

Ritik Roshanning turmush o‘rtog‘i Syuzanna Roshan — interyer dizayneri

Foto: Getty Images

Bugunga kelib Ritikning sobiq turmush o‘rtog‘i deb aytiladigan Syuzanna ham interyer dizayneri. Qolaversa, u The Charcoal Project do‘koni sohibasi hisoblanadi.

Akshay Kumarning turmush o‘rtog‘i Tvinkl Khanna— interyer dizayneri, yozuvchi

Foto: Getty Images

Akshay Kumarning rafiqasi dizaynerlikdagi muvaffaqiyatli faoliyati sabab Elle Décor xalqaro mukofotiga sazovor bo‘lgan. Tvinkl, shuningdek,​ yozuvchi sifatida ham yaxshi ma’lum. U kitob yozishdan tashqari ba’zi-ba’zida The Times Of India singari nashrlarga maqola yozadi.

Amirxonning turmush o‘rtog‘i Kiran Rao— rejissor va prodyuser

Foto: Getty Images

Amirxonning rafiqasi Kiran Raokaryerasini rejissor yordamchisi sifatida boshlagan. “Mumbay kundaligi” filmi uning birinchi rejissorlik ishi bo‘lgan.

Sunila Shetti turmush o‘rtog‘i Mana Shetti — modelyer

Foto: Getty Images

Aktyorning rafiqasi faqatgina modelyerlik bilan cheklanmagan. U do‘konlar dizayni hamda bolalarga yordam ko‘rsatish dasturlarini tashkillashtirish bilan ham shug‘ullanadi.

От qwert.uz