AQShning Michigan shtati Ouk-Park shahrida yashovchi Jeyms Vriland o‘z uyi hovlisida olmaxonlar uchun restoran ochdi, deb yozadi TJournal.
Foto: TJournal
Erkak hududni o‘rab, ichkariga piknik uchun kichik stol-stullar joylashtirdi. Restoran 5-aprel kuni ochildi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. Mijozlarga o‘rmon yong‘og‘i, qotgan non, pitssa ushoqlari, don va olma taklif qilinmoqda.
Restoran menyusi
Foto: TJournal
“Hozir restoran biznesi bilan shug‘ullanish uchun ayni payt degan qarorga keldim. Kimdir Michigan gubernatori Gretxen Uitmer bilan qanday bog‘lanish mumkinligini biladimi? Undan hovlini ochiq qoldirishni so‘ramoqchiman”, — deydi Vriland hazillashib.
Vrilandning Facebook’dagi sahifasida restoran qanday ishlayotganini ko‘rish mumkin.