“Salimboy” nomi bilan mashhur bo‘lgan o‘zbekistonlik taniqli tadbirkor, O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi prezidenti Salim Abduvaliyev Farg‘onada tug‘ilgani haqidagi ma’lumotlarni inkor etdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: Olamsport
“Men 1950-yili Toshkentda tug‘ilganman. Farg‘ona, Qozog‘iston yoki Qirg‘izistonda tug‘ilganim haqidagi ma’lumotlar noto‘g‘ri. Shaxsan o‘zim Toshkentda tug‘ilganman! Otam 1945-yilda Farg‘onadan Toshkentga kelgan, u kolxozda ishlardi. Shu tariqa hayotim boshlangan, kolxozda o‘sganman. 7 yoshimdan u yerda ishlaganman.
Qiyin hayot tarzini boshdan kechirganman, ba’zida yeyishga hech narsa bo‘lmasdi. 16 yoshimda esa kurash bo‘yicha shahar va mamlakat chempioniga aylandim hamda yillik talonga ega bo‘lgandim”, — deya eslaydi Abduvaliyev o‘zining 70 yillik yubileyi arafasida bergan intervyusida.
Ko‘plab manbalarda Salim Abduvaliyev Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tug‘ilgani haqida ma’lumot berilgan.