Kalaka qilayotgan Stalin, fransuzlarni g‘azabga soluvchi Gitler surati, O‘zbekistondagi gospitalda skripka chalayotgan shifokor. Ikkinchi jahon urushi 75 ta suratda
9-may — nemis fashizmi ustidan g‘alaba qozonilgan kun. Bugun ushbu G‘alaba kuniga 75 yil to‘ldi. 9-may — O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarni xotirlash kuni sifatida nishonlanib kelinadi. “Daryo” nashri Ikkinchi jahon urushining barcha dahshat va insoniyatga yetkazgan a’zoblarini, shuningdek, o‘sha davrdagi hayotni ortiqcha bo‘yoqlarsiz ifodalovchi eng yaxshi suratlarni to‘plab taqdim etdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
SSSR tarkibidagi mintaqalardan birining askarlari oziq-ovqat vagoni orqali Moskva himoyasiga otlanmoqda. Oldinda o‘tirgan askar garmonda kuy ijro etmoqda

Foto: Mark Markov-Grinberg
Ushbu kadr hozirga qadar fransuzlarning kayfiyatini buzadi. Adolf Gitler natsist Germaniyasi tomonidan bosib olingan Parijda. 1940-yil, iyun

Foto: Vida Press
Nemis asirlari Sharqiy frontda. Surat 1943-yilda olingan

Foto: Scanpix
Moskvadagi G‘alaba paradi

Foto: Scanpix
Ushbu norasmiy surat Stalinning tansoqchisi Vlasik tomonidan tushirilgan

Foto: Scanpix
Yakov Jugashvili, Stalinning to‘ng‘ich o‘g‘li 1941-yildayoq nemislar tomonidan asirga olingan. Ayrim versiyalarga ko‘ra, Yakovning o‘zi taslim bo‘lgan. O‘g‘lining asirga tushganini eshitgan Stalin “Qaysi ahmoq? U hatto o‘zini otib tashlay olmaydi!”, deganini kenja o‘g‘li Vasiliy o‘z quloqlari bilan eshitgan

Foto: Flibusta
Nemis askari rus ayoli va uning farzandi bilan ovqatini bo‘lishmoqda, 1941-yil

Foto: Georg Gyundlax
Qo‘lga tushgan rus josusi o‘limi oldidan kulmoqda

Surat 1942-yili Sharqiy Kareliyada olingan.
Foto: Fishki.net
1942-yil. Ivangorod atrofi. Nemis bo‘linmalari kiyevlik yahudiylarni qatl qilmoqda. Suratda nemis askari qo‘lida bolasi bor ayolni otayotgani tasvirlagan

Foto: Fishki.net
Gibraltar qoyalari, 1942-yil. Projektorlar nuri zenitchilarga fashist samolyotlarini urib tushirishga yordam bermoqda

Foto: Fishki.net
Qizigan ognemyotdan tamakisini tutatayotgan nemis askari

Foto: Georg Gyundlax
1943-yil. Stalingrad jangining yakuni. Sovet askari “PPSh-41” avtomati bilan nemis asirini kuzatmoqda

Foto: Georg Gyundlax
1944-yilning 17-iyuli. Moskva ko‘chalari. O‘n minglab nemis asirlari. “Bagration” operatsiyasi butun urush davomidagi eng muvaffaqiyatli operatsiya hisoblanadi

Foto: Georg Gyundlax
1944-yil, Fransiya. Simona Seguin qarshilik harakatining 18 yoshli ishtirokchisi — laqabi Nikol Mine

Foto: Buzzon
1945-yil 9-mart. “Gitleryugend”ning yosh jangchisi Laubana va Silezi shaharlari mudofaasida ko‘rsatgan jasorati uchun “Temir xoch” bilan taqdirlanmoqda. Mukofotni Gebbels topshiryapti

Foto: Buzzon
1945-yil 17-aprel. Bergen-Belzen konsentratsion lagerining ozod etilishi. Britaniyalik askarlar SS xodimlarini ko‘milgan asirlarni kovlab olib, mashinaga ortishga majbur qilmoqda

Foto: Buzzon
1942-yil. Nemis askarlari konsentratsion lagerlar haqidagi filmni tomosha qilmoqda

Foto: Buzzon
O‘zbek dehqoni urush vaqtida

Foto: “Archives.ru”
O‘zbekistondagi harbiy gospital

Foto: “Archives.ru”
Gvardiya polkovnigi M.Uzoqov (o‘rtada, telpak kiygan) safdoshlari bilan birga qo‘lga olingan Reyxstag fonida, 1945-yil may

Foto: “MyTashkent.uz”
Nemis askarlari Moskva jangi vaqtida taslim bo‘lmoqda. 1941—1942-yillarning qishi

Foto: Rosphoto
142-qiruvchi aviapolk uchuvchilari dam olish vaqtida

Foto: Mixail Traxman
Afsonaviy snayper katta serjant Semyon Nomokonov (1900—1973-yillar) xizmatdoshlari bilan birga. Nomokonov dushman tomonining 367 nafar askar va ofitserlarini, xususan, bir nafar nemis generalini o‘ldirgan

Foto: Pyotr Bernshteyn
Sovet tankchilari o‘zlarining T-34 tanki panasida tushlik qilmoqda

Foto: Rosphoto
AQSh armiyasining shifokori jarohat olgan nemis askariga yordam ko‘rsatmoqda. 1943-yil, iyul

Foto: Rosphoto
Sovet artilleriyachisi “ZiS-3” orqali piyodalar hujumini kuzatmoqda

Foto: Rosphoto
Sovet harbiy asirlari “Shtalag XVIII A” konsentratsion lagerining simto‘siqlari qarshisida

Foto: Erik Evans
Sovet askari jarohat olgan xizmatdoshiga yordam ko‘rsatmoqda

Foto: Samariy Gurariy
Sovet askari jangovar holatda xandaq ichida soqol olyapti

Foto: Aleksandr Ustinov
Asirlardan iborat orkestr Ynovsk konslagerida “O‘lim tangosi”ni ijro etmoqda

Foto: Rosphoto
Halok bo‘lgan nemis askarining ustidagi qarg‘a

Foto: Rosphoto
Buxarest aholisi Sovet askarlarini qarshi olmoqda

Foto: Mixail Traxman
Leningrad blokadasi yorib o‘tilgani munosabati bilan “Kirov” yengil kreyseri mushakbozlik uyushtirmoqda

Foto: A.Chenishev
Nemis harbiy asirlari Niderlandiyada ovqat uchun navbat kutmoqda, 1944-yil

Foto: Rosphoto
Kanadalik harbiylar Fruzoyte shahridagi asirlikda saqlangan Sovet harbiylari ozod etilishi munosabati bilan ularni dezinfeksiya qilmoqda, 1945-yil, aprel

Foto: Rosphoto
Sovet artilleriyachilari snaryadlarga “Gitler uchun”, “Berlinga” “Reyxstag bo‘ylab” yozuvlarini tushirmoqda. Germaniya, 1945-yil, 1-may

Foto: Oleg Knorring
Amerikalik askarlar tomonidan topilgan nikoh uzuklari, 1945-yil 5-may

Foto: Rosphoto
Drezden aholisi ittifoqchilar tomonidan amalga oshirilgan bombardimon hujumlardan so‘ng, 1945-yil 13—15-fevral

Foto: Rosphoto
“Qizil yulduz” gazetasi muxbiri Vasil Grossman, 1945-yil mart

Foto: Rosphoto
Berlin egallanganining birinchi kuni. Sovet askarlari tinch aholi bilan muloqot qilmoqda, 1945-yil

Foto: Rosphoto
Kiyevda 1945-yil 1-may kuni o‘tkazilgan paraddagi avtokolonna

Foto: Rosphoto
Vermaxt generali Anton Dostler qatl etilishidan oldin ustunga bog‘lanmoqda. Italiya, 1945-yil 1-dekabr

Foto: AQSh armiyasi tomonidan olingan surat
Bergen-Belzen konslageri qo‘riqchisi mahbusning jasadini umumiy qabrga olib ketmoqda, 1945-yil aprel

Foto: Serjant Ouks (Britaniya armiyasi)
Buxanvalddagi konslager asirlari ozod etilganidan so‘ng, 1945-yil 16-aprel

Foto: X.Miller (AQSh armiyasi)
Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchill “Short Stirling” bombardimonchisini tomosha qilmoqda, 1941-yil 6-iyun

Foto: Rosphoto
SSSR marshallari Georgiy Jukov va Konstantin Rokossovskiy, general-feldmarshal Bernard Montgomeri (markazda). Berlin, 1945-yilning iyul oyi

Foto: Wikiwand
Bergen-Belzen konslagerida bolalar va ayollarga mo‘ljallangan xona, 1945-yil aprel

Foto: Britaniya armiyasi
Buxenvaldda joylashgan konslagerning asirlaridan biri

Foto: AP Photo
Asirga tushgan nemis qo‘mondonligi harbiy xizmatchilari Berlin yaqinida. Ularning ortida asirga olingan nemis askarlari turibdi

Foto: Waralbum
Saninstruktor Valya Gribkova jang maydonida jarohat olgan askarni evakuatsiya qilmoqda

Foto: Sputnik
Ayollar Moskva zavodida minalar tayyorlamoqda, 1942-yil

Foto: Sputnik
Qizil armiyaning ko‘ngilli snayperchi qizlar guruhi

Foto: Sputnik
Ayollar Donbassda tankka qarshi xandaqlar qazimoqda, 1941-yil

Foto: Sputnik
Partizanlar otryadida, Ukraina

Foto: Sputnik
Hamshira jarohat olgan askar nomidan xat yozmoqda, Boltiqbo‘yi fronti

Foto: Sputnik
Otishga hukm qilingan Shyaulyay shahridagi yahudiylar

Foto: Sputnik
Nemislar tomonidan ota-onasi o‘ldirilgan Fey Shulman Sovet partizanlari bilan o‘rmonda

Foto: Waralbum
Asirga olingan Qizil armiya harbiylari

Foto: Waralbum
Kiyev ko‘chalarida o‘ldirilgan Sovet harbiy asirlari

Foto: BigPicture
Nemis qo‘rqichisi o‘z itiga “tirik o‘yinchoq”ni ermak qildirmoqda

Foto: BigPicture
Asirga tushgan general-leytenant A. Vlasov, 1942-yil

Foto: BigPicture
Sovet asirlari nemis ofitserlari bilan Germaniyada. Portlamagan aviabombalarni zararsizlantirish jarayoni

Foto: BigPicture
AQSh armiyasi shifokori sil bilan kasallangan Sovet ishchisini ko‘zdan kechirmoqda, 1945-yil aprel

Foto: BigPicture
Osvensim konslageridan ozod qilingan bolalar, 1945-yil yanvar

Foto: BigPicture
Leningradda asirga tushgan nemis askarlari, 1942-yil

Foto: BigPicture
Nemis harbiy asirlari Maydanekdagi konslagerga kuzatilmoqda

Foto: BigPicture
15 yoshli nemis zenitchisi — Gans-Georg Xenke AQSh armiyasi tomonidan Gissen shahrida asirga olingan vaqtda

Foto: BigPicture
Adolf Gitler “Gitleryugend”ning yosh a’zolarini taqdirlamoqda

Foto: BigPicture
Ozod etilgan Berlindagi yo‘l ko‘ratkich

Foto: BigPicture
Berlin ko‘chalarida tashlab ketilgan qurollarni o‘ynayotgan nemis bolalari

Foto: “Pobeda.Yekaterinburg.rf”
Ittifoq qo‘shinlarining G‘alaba paradi, 1945-yil 7-sentabr. Marshal Jukov qo‘shinni ko‘zdan kechirmoqda

Foto: “Pobeda.Yekaterinburg.rf”
Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaning ramziga aylangan bayroq. Sovet askari Reyxstagga qizil bayroqni o‘rnatmoqda — keyinchalik u G‘alaba bayrog‘i deya atala boshlangan.

Foto: “Pobeda.Yekaterinburg.rf”
Askarlar Berlin aholisiga ovqat tarqatmoqda, 1945-yil

Foto: “Pobeda.Yekaterinburg.rf”
Germaniya qurolli kuchlarining so‘zsiz taslim bo‘lishi to‘g‘risidagi aktni imzolash paytida Sovet delegatsiyasining umumiy surati. O‘rtada marshal Jukov, 1945-yil 8-may

Foto: “Pobeda.Yekaterinburg.rf”
Berlindagi G‘alaba monumenti, 1945-yil iyul

Foto: “Pobeda.Yekaterinburg.rf”